Energetikadagi uzilişlar nazorat va intizomdagi kamçilik oqibati – Şavkat Mirziyoyev
Joriy yilning iyun–iyul oylarida elektr tarmoqlarida qariyb 4 mingta avariya sodir bölib, aholi va tadbirkorlar 8–10 soatgaça elektrsiz qoldi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 27 iyul kuni yoqilği-energetika tarmoğida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida söz oçdi.
Davlat rahbarining takidlaşiça, hududlarda elektr tarmoqlari deyarli bir xil bölişiga qaramay, ayrim tumanlarda tizim barqaror işlayotgan bölsa, boşqalarida avariyalar muntazam takrorlanmoqda. Bunga esa nazorat va ijro intizomidagi farqlar sabab bölayotgani qayd etilgan.
Prezident Energetika vazirligi hamda uning quyi böğinlaridagi rahbarlarda ijro va masuliyat yetişmayotganini tanqid qilgan. Unga köra, aynan şu sababli aholi va tadbirkorlar tizim faoliyatidan norozi.
“Takror aytaman: tizimdagi har bir rahbarning qilayotgan işi, eng avvalo, odamlarning hayotida, turmuş tarzida sezilişi, tadbirkorlarning muşkulini oson qilişi kerak”, degan Prezident.
Qayd etilişiça, har yili yoz va qiş mavsumida önlab podstantsiyalarda avariyalar yuz berib, yuzlab transformatorlar işdan çiqmoqda. Faqat joriy yilning iyun–iyul oylarida qariyb 4 mingta avariya sodir bölgan. Oqibatda aholi va tadbirkorlar 8–10 soatgaça elektr taminotisiz qolgan.
Şuningdek, sönggi beş yilda Şirin şahri, Yangihayot va Yakkasaroy tumanlari hamda Ohangaron tumanida elektr energiyasi istemoli ikki barobardan köproq oşgani qayd etilgan. Biroq, Prezidentning sözlariga köra, masullar va mahalliy hokimliklar tarmoqlarning bunday yuklamani kötara olişini oldindan hisobga olmagan.
Davlat rahbari elektr uzilişlari tadbirkorlar va iqtisodiyotga yetkazayotgan zarar miqdori hisoblab çiqilmayotganini ham tanqid qilgan. Şuningdek, hokimlar öz hududlaridagi energiya istemoli balansini aniq bilmagani sabab milliardlab sömlik mablağ samarasiz sarflanayotganini takidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev videoselektor yiğilişda energetika tizimidagi muammolar sohaga kam pul ajratilganida emas, balki tizimning özida ekanligini aytgan edi.