USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yangiyöl elektr va gaz taminoti böyiça namunaviy tumanga aylantiriladi

106 марта
Янгийўл электр ва газ таъминоти бўйича наъмунавий туманга айлантирилади

Yangiyöl tumani aholisi va tadbirkorlarini elektr hamda gaz bilan barqaror taminlaş böyiça maxsus ştab taşkil etiladi. Unga Energetika vaziri Şerzod Xöjayev boşçilik qiladi, tuman hokimi Sanat Jumaniyozov esa uning örinbosari böladi. Bu haqda Prezident bugun, 27 iyul kuni yoqilği-energetika tarmoğida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida topşiriq berdi.

Qayd etilişiça, masullar ikki haftada tumanning 51 ta mahallasida aholi va tadbirkorlarning oylik, çoraklik va yillik talabini örganadi. Şu asosda “energiya istemoli balansi” şakllantiriladi.

Şu bilan birga, örganişda qaysi mahallada transformator yoki gaz taqsimlaş qurilmasini yangilaş, qayerda tarmoq tortiş zarurligi aniq belgilanadi. ASKUE va ASKUG tizimiga mos kelmaydigan hisoblagiçlar almaştirilib, malumot uzatmayotgan qurilmalarning uzluksiz aloqasi taminlanadi.

Şuningdek, elektr va gaz yöqotişlarini 2 karra kamaytiriş böyiça alohida dastur işlab çiqiladi. Bunda zarur mablağning qançasi tizim korxonalari, qançasi mahalliy qöşimça daromad hisobidan ajratilişi aniq körsatiladi.

Yiğilişda malum qilinişiça, yirik istemolçi bölgan korxonalar energiya auditidan ötkazilib, ularni tejamkor texnologiyalarga ötkaziş uçun banklar tomonidan resurs ajratiladi. Barça boğça, maktab, texnikum, şifoxona va poliklinikalarning energiya sarfi tahlil qilinib, toifalarga ajratiladi.

Köp qavatli uylarning isitiş tizimi diagnostika qilinadi, qarzdorlikni bartaraf etiş böyiça köçama-köça iş olib boriladi. Barça işlar joriy yil 1-oktabrgaça yakunlanib, Yangiyöl elektr va gaz taminoti böyiça namunaviy tumanga aylantiriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: