Ohangaronda poyezd relsdan çiqib ketdi
Keça, 28 iyul kuni Toşkent viloyatining Ohangaron tumanidagi Ohangaron stantsiyasida poyezd relsdan çiqib ketdi. Mazkur holat yuzasidan “Özbekiston temir yöllari” AJ izoh berdi.
Qayd etilişiça, voqea “AGMK Olmaliq” şoxobça yölida, “LUKOYL” şoxobça yöliga tegişli strelkali ötkazgiçdan ötiş vaqtida sodir bölgan.
Malum qilinişiça, Ohangaron stantsiyasida manyovr teplovozi va 4 ta sisterna vagon relsdan çiqqan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq, atrof-muhitga zarar yetmagan.
“Özbekiston temir yöllari” AJ mazkur yöl kompaniya tasarrufiga kirmasligini malum qilgan. Şunga qaramay, kompaniya mutaxassislarining tavsiyalari asosida şu kunning özida vagonlar qayta izga tuşirilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 19 iyun kuni Turkiyaning Istanbul şahridagi Kadiköy va Sabixa Gökçen xalqaro aeroporti örtasida qatnovçi M4 metro yönalişidagi poyezd Bostanji bekatida relsdan çiqib ketgani haqida xabar berilgan edi.