USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

B+ va undan yuqori sertifikat olgan öqituvçilarga ustama beriladi

110 марта
B+ ва ундан юқори сертификат олган ўқитувчиларга устама берилади

Sertifikat olgan boşlanğiç sinf öqituvçilarining maoşiga har oy 15 foiz ustama qöşiladi. Buning uçun ular B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega bölişi kerak. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining keça, 29 iyuldagi 411-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda nazarda tutilgan.

Unga köra, 2026/2027 öquv yilidan boşlab boşlanğiç sinflarda dars beruvçi va tegişli mutaxassislikka ega bölgan, B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega öqituvçilarga davlat byudjeti mablağlari hisobidan qöşimça ustama tölab boriladi.

Xususan, sertifikat amal qiladigan muddat davomida öqituvçilarning lavozim maoşiga har oyda 15 foiz miqdorida ustama beriladi. Yangi tartibga köra, mazkur yönalişdagi malaka imtihonlarini taşkil etiş böyiça vakolatli organ sifatida Bilim va malakalarni baholaş agentligi belgilanadi. Malaka imtihonida qatnaşiş uçun talabgorlardan ariza topşirilgan sanadagi bazaviy hisoblaş miqdorining 1,5 baravari miqdorida tölov undiriladi.

Imtihon natijalari xalqaro metodika – Raş modeli asosida baholanadi. Unga köra, 70 balldan yuqori natija körsatgan talabgorga A+, 65–69,9 ball olganlarga A, 60–64,9 ball olganlarga B+ darajali sertifikat beriladi. Şuningdek, 55–59,9 ball töplaganlarga B, 50–54,9 ball olganlarga C+, 46–49,9 ball olganlarga esa C darajali sertifikat topşiriladi. Talabgorlarning boşlanğiç sinf fanlari böyiça bilim darajasi, öqitiş metodikasi hamda pedagogik mahorati test sinovlari orqali baholanadi.

Sertifikat oliş istagidagi öqituvçilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron şaklda ariza topşirib, röyxatdan ötadi. Imtihondan muvaffaqiyatli ötgan talabgorlarga QR-kodli sertifikatning elektron şakli bir iş kuni içida yuboriladi. Şuningdek, natijalardan norozi bölgan talabgorlar elon qilingan kundan boşlab uç kun içida apellyatsiya beriş huquqiga ega.

Qayd etilişiça, 2026/2027 öquv yilidan boşlab huquqşunoslik fanini biliş darajasini aniqlaş va uşbu yönalişda milliy sertifikat beriş tizimi ham joriy etiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda talab etiladigan til sertifikatiga ega bölmagan xorijiy til öqituvçilari bilan mehnat şartnomalarini bekor qiliş tartibi belgilanayotgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: