B1 sertifikat egalariga imtihonda 75% ball beriladi
4-06-2026, 17:47
221 марта

B1 sertifikat egalariga imtihonda 75% ball beriladi
Çet tili fani mavjud bölgan bakalavriat talim yönalişlariga kirişda xorijiy til böyiça B1 sertifikati uçun 75 foiz ball beriladi. Bu haqda Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgaça va maktab talimi vazirligining “Xorijiy tillar va umumtalim fanlarini biliş darajasini belgilovçi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar röyxatiga özgartirişva qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarorida söz boradi.
Mazkur özgartiriş va qöşimçalarga köra, endilikda ingliz tilidan beriladigan TOEFL iBT sertifikatining muvofiqlik darajasi 1-6 ballik tizim böyiça belgilanadi.
Bakalavriatning fanlar majmuasida çet tili fani mavjud bölgan talim yönalişlariga esa qabulda B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga uşbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi. Oldin faqat B2 va undan yuqori sertifikatlarga 100% ball berilardi, endi B1 egalari ham imtihon topşirmasdan tayyor 75% ball olişlari mumkin.
Şu bilan birga:
- pedagog xodimlarga ustama tölaşda ingliz tilidan beriladigan TKT, TESOL, TEFL va TESL sertifikatlarining amal qiliş muddati hisobga olinadi;
- kasbiy talim taşkilotlarining pedagoglari xorijiy tilda maxsus fanlarni öqitganligi uçun ularning lavozim maoşiga nisbatan milliy va xalqaro tan olingan B2 sertifikati uçun 50 foiz, C1 sertifikati uçun 100 foiz miqdorda har oylik ustamalar beriladi;
- öqituvçilariga Digital SAT sertifikatining matematika bölimidan 750 va undan yuqori ball olgan taqdirda ustama belgilanadi;
- umumiy örta talim maktablaridagi musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari öqituvçilariga B+ va undan yuqori darajadagi sertifikatlar uçun ustama beriladi.