Til sertifikati yöq öqituvçilarning vaqtinçalik işlaşiga ruxsat berildi
24-09-2025, 22:45
77 марта

Til sertifikati yöq öqituvçilarning vaqtinçalik işlaşiga ruxsat berildi
Maktablardagi kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bölmagan xorijiy til öqituvçilariga joriy yilning yakuniga qadar öz mehnat faoliyatini davom ettirişga ruxsat berildi. Bu haqda Maktabgaça va maktab talimi vazirining joriy yilning 15 sentyabr kuni qabul qilingan “Xorijiy til öqituvçilarining belgilangan talab darajasidagi sertifikatga ega bölişlariga doir zaruriy çora-tadbirlar töğrisida”gi buyruğida belgilangan.Unga köra, umumiy örta talim maktablarida faoliyat olib borayotgan barça xorijiy til öqituvçilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglaştirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bölişi lozimligi talabini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida amalda faoliyat olib borayotgan va talab darajasidagi sertifikatga ega bölmagan pedagoglarga 2025 yilning yakuniga qadar (joriy öquv yilining 1- va 2-çoraklari davomida) öz mehnat faoliyatlarini davom ettirişga ruxsat berildi.
Şu bilan birga, vazirning uşbu buyruği bilan talab darajasidagi sertifikatlarga ega öqituvçilar sertifikatlarining amal qiliş muddati öquv yili davomida tugaydigan bölsa, bu toifadagi öqituvçilarga öquv yili söngiga qadar işlaş imkoniyati beriladi.
Şuningdek, joriy öquv yilida umumiy örta talim maktablarida yuzaga kelişi mumkin bölgan vakant lavozimlarga oliy talim muassasalarida xorijiy tillar öqituvçisi mutaxassisligi böyiça tahsil olayotgan hamda talab darajasidagi sertifikatga ega 3-4-kurs talabalari orasidan kadrlar zaxirasi şakllantiriladi.
Bundan taşqari, joriy yilning 1 dekabriga qadar vakolatli taşkilotlar tomonidan ötkaziladigan çet tili böyiça milliy hamda xalqaro sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik jarayonida tuman (şahar) Maktabgaça va maktab talimi bölimlari tomonidan malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda talab darajasidagi sertifikatga ega bölmagan xorijiy til öqituvçilari uçun qöşimça öquv maşğulotlari taşkil etiladi.