Endi universitetga kirişda B1 darajali sertifikat ham imtiyoz beradi
29-01-2026, 14:32
85 марта

Endi universitetga kirişda B1 darajali sertifikat ham imtiyoz beradi
Endilikda Özbekistonda çet tili 1-fan bölgan yönalişlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi. Bu haqda keça, 28 yanvar kuni hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy talim taşkilotlari talabalar turar joylaridagi yaşaş xarajatlarini qoplab beriş tartibi töğrisida”gi nizomida söz boradi.Unga köra, fanlar majmuasida çet tili 1-fan sifatida belgilangan talim yönalişlariga qabul xorijiy tilni biliş böyiça kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oşiriladi.
Fanlar majmuasida çet tili fani mavjud bölgan talim yönalişlariga qabulda:
- B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga uşbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
- B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga uşbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.