USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Toşkentdagi Ipakçilik instituti hududida köngiloçar maskan quriladi

84 марта
Тошкентдаги Ипакчилик институти ҳудудида кўнгилочар маскан қурилади

Toşkent şahridagi Ipakçilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida noyob tut daraxtlari saqlab qolingan holda ekoboğ, sokin hordiq çiqariş uçun möljallangan sayilgoh hamda tematik va köp funktsiyali köngiloçar maskanlar barpo etiladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Toşkent şahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 279-sonli qarorida belgilandi.

Loyihaga muvofiq, institutning tegişli hududi mavjud bino va inşootlari bilan birgalikda operativ boşqaruv huquqi asosida Şayxontohur tumani hokimligiga bepul ötkaziladi. Şuningdek, mavjud bino va inşootlarni buziş, yangi quriliş va rekonstruktsiya işlarini amalga oşirişga ruxsat beriladi.

Loyiha yakunlanib, tematik va köp funktsiyali köngiloçar maskanlar hamda xizmat körsatiş nuqtalari foydalanişga topşirilgandan söng, ular tayyor biznes şaklida yer uçastkalari bilan birga alohida lotlarga ajratilgan holda auktsion savdolariga çiqariladi.

Yer maydonlari, bino va inşootlarni sotiş hamda ijaraga berişdan tuşgan mablağlar (baholaş va sotiş xarajatlari çegirilgan holda) Şayxontohur tumani hokimligining maxsus hisobvarağida jamlanadi va tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş tadbirlariga yönaltiriladi.

Loyihani 2026–2027 yillarda amalga oşiriş rejalaştirilgan. Masul taşkilotlar etib Toşkent şahar hokimligi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi milliy qömitasi belgilangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq mazkur qarorga muvofiq, “Çorsu” bozori va “Eski Juva” majmuasi hududlari kompleks rekonstruktsiya qilinişi xabar qilingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: