Germaniyada hujjatsiz va pulsiz qolgan özbekistonlik mamlakatga qaytarildi
Germaniyada oğir ijtimoiy ahvolga tuşib qolgan Özbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, Özbekistonning Frankfurt-Mayn şahridagi Boş konsulxonasiga murojaat qilgan fuqaro aviaçipta sotib oliş uçun moliyaviy imkoniyati mavjud emasligi sababli Özbekistonga qaytiş uçun yordam söragan. Şundan söng, Boş konsulxona Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda fuqaroga yordam körsatiş böyiça zarur taşkiliy çoralarni körgan.
Fuqaroning takidlaşiça, u vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş maqsadida Ruminiyaga borgan. Keyinçalik yaxşi iş şaroitlarini izlab Germaniyaga ötgan. Biroq mamlakat hududida qonuniy qoliş huquqini tasdiqlovçi hujjatlari mavjud emasligi va doimiy daromad manbaiga ega bölmagani sababli oğir moddiy ahvolga tuşib qolgan.
Qayd etilişiça, fuqaroning ijtimoiy ahvoli inobatga olinib, unga aviaçipta xarid qiliş uçun zarur yordam körsatilgan hamda Germaniyadan Özbekistonga qaytişi taşkil etilgan.
Zarur hujjatlar rasmiylaştirilib, taşkiliy işlar yakunlangaç, fuqaro Germaniyadan Özbekistonga qaytarilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Vladivostok şahrida oğir ijtimoiy ahvolda qolgan Özbekiston fuqarosi va uning voyaga yetmagan farzandi mamlakatga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.