USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qonunçilikdan “diniy ekstremizm” atamasi olib taşlanadi

101 марта
Қонунчиликдан “диний экстремизм” атамаси олиб ташланади

Özbekiston qonunçiligida “diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” atamasi bilan almaştiriladi. Bu haqda joriy yilning 8 avgust kuni Senatning yalpi majlisida körib çiqilgan “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ekstremizmga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunda söz boradi.

Qayd etilişiça, bugungi kunda ekstremizmning şakl va körinişlari tobora özgarib, uning xavfi nafaqat diniy, balki boşqa ekstremistik ğoya va harakatlar orqali ham namoyon bölmoqda. Şu munosabat bilan ekstremizmning barça körinişlariga qarşi kuraşişning huquqiy mexanizmlarini takomillaştiriş zarurati yuzaga kelgan.

Qonun bilan Jinoyat kodeksi va Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartirişlar kiritilib, ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan materiallarni tayyorlaş, saqlaş va tarqatiş bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun javobgarlik çoralari liberallaştirilmoqda. Xususan, bunday harakatlarni birinçi marta sodir etganlik uçun töğridan töğri jinoiy javobgarlik bekor qilinib, mamuriy javobgarlik kiritilmoqda, takroran sodir etilgan taqdirdagina jinoiy javobgarlik yuzaga kelişi qayd etilmoqda.

Şuningdek, “Ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonun takomillaştirilib, ekstremizm tuşunçasiga aniq tarif berilmoqda. Şuningdek, ekstremizmga oid jinoyatlar aniq doirasini belgilaş, ekstremizmning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş böyiça davlat dasturlarini amalga oşiriş, ekstremistik taşkilotlar va materiallarning elektron reestrini yuritiş, xavf-xatarlarni monitoring qiliş hamda baholaşning huquqiy asoslarini mustahkamlaş nazarda tutilmoqda.

Bildirilişiça, qonunçilikdagi “diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” atamasi bilan almaştirilib, huquqni qöllaş amaliyotida yagona huquqiy yondaşuv taminlanmoqda. Qonun bilan ekstremizmga qarşi kuraşiş sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş, ekstremistik faoliyat haqida xabar bergan şaxslarni himoya qiliş va rağbatlantiriş, internet tarmoği hamda ommaviy axborot vositalarida ekstremistik ğoyalar tarqalişining oldini olişga qaratilgan qöşimça mexanizmlar ham joriy etilmoqda. Şu bilan birga, ekstremistik taşkilotlarni etirof etiş tartibi hamda ekstremizmga oid jinoyat sodir etgan şaxslarni qayta ijtimoiylaştiriş mexanizmlari ham takomillaştirilmoqda.

Senatorlarning qayd etişiça, qonun ekstremizmga qarşi kuraşiş sohasida inson huquqlarini işonçli himoya qiliş hamda jamoat xavfsizligini taminlaş örtasidagi huquqiy muvozanatni mustahkamlaş, profilaktika işlari samaradorligini oşiriş va mamlakatimizda tinçlik hamda barqarorlikni taminlaşga xizmat qiladi.

Muhokama yakuni böyiça senatorlar qonunni maqullagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: