“Çilonzor”dagi örmonga öt ketdi
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi “Xomkon” örmon bölimi hududida yonğin sodir böldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 12 avgust kuni soat 17:15 da “112” tizimi orqali Boysun tumanidagi “Çilonzor” mahallasi hududida joylaşgan “Boysun davlat örmon xöjaligi”ga qaraşli “Xomkon” örmon bölimida quruq öt va şox-şabbalar yongani haqida xabar kelib tuşgan.
Voqea hududiga Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi hamda “Boysun davlat örmon xöjaligi”ga tegişli xodimlar va maxsus texnikalar safarbar qilingan.
Yonğinni bartaraf etiş işlarida Favqulodda vaziyatlar boşqarmasidan 194 nafar xodim va 8 ta texnika, örmon xöjaligidan 60 nafar xodim va 3 ta texnika, şuningdek, mahalliy aholidan 55 nafar köngilli iştirok etgan. Joriy yilning 13 avgust soat 17:30 holatiga köra, yonğin töliq bartaraf etilgan.
Yonğin oqibatida fuqarolar jarohat olgani haqida malumot yöq. Ayni paytda yonğin nimadan kelib çiqqanini aniqlaş böyiça işlar olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Bektemir tumanida joylaşgan omborxonada yonğin çiqqani haqida xabar berilgan edi.