Zangiotadagi tsexga öt ketdi
Bugun, 6 avgust kuni Toşkent viloyati Zangiota tumanidagi işlab çiqariş tsexlaridan birida yonğin sodir böldi. Bu haqda Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, soat 16:33 da Toşkent viloyati Zangiota tumani “Nazarbek” mahallasi hududida joylaşgan işlab çiqariş tsexlaridan birida yonğin sodir bölgani töğrisida FVBB navbatçilik qismiga xabar kelib tuşdi.
Xabarga asosan, voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv ekipajlari yetib borgan, yonğin soat 17:23 da qurşab olingan hamda soat 17:47 da töliq bartaraf etilgan.
Bildirilişiça, hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan.
Eslatib ötamiz, bugun, 6 avgust kuni Toşkent viloyati Zangiota tumanidagi dökonlardan birida dahşatli yonğin sodir bölgan edi.