USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezident Xivadagi 140 mlrd sömlik OTM bilan tanişdi

216 марта
Президент Хивадаги 140 млрд сўмлик ОТМ билан танишди

Bugun, 17 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Xiva şahrida taşkil etilgan Lyaonin pedagogika universitetining Özbekistondagi filiali va Konfutsiy instituti faoliyati bilan tanişdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti va Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti hamkorligida amalga oşirilgan loyiha doirasida yangi talim majmuasi barpo etilgan. Uni quriş va jihozlaş uçun davlat byudjetidan 140 milliard söm mablağ ajratilgan. Bu yerda 120 ta yangi iş örni yaratilgan.

Majmuada 560 örinli öquv bloklari, kutubxona, sport zali, 200 örinli madaniyat saroyi va 118 örinli oşxona mavjud. Ikkinçi tört qavatli binoda 628 örinli auditoriyalar hamda 224 örinli talabalar turar joyi taşkil etilgan.

2026 yil uçun qabul kvotasi 160 nafar etib belgilangan. Kelgusida yillik qabulni 500 nafarga, talabalar sonini esa 2 ming nafarga yetkaziş rejalaştirilgan.

Talim kunduzgi va masofaviy şakllarda, özbek, xitoy va ingliz tillarida olib boriladi. Bakalavriat bosqiçida “Xalqaro xitoy tili talimi”, “Turizm boşqaruvi”, “Xalqaro biznes”, “Suniy intellekt”, magistraturada esa “Xitoy tili va madaniyatini öqitiş metodikasi”, “Talim boşqaruvi”, “Suniy intellekt va talim texnologiyalari” yönalişlarida kadrlar tayyorlanadi.

Filial diplomi Özbekistonda töğridan töğri tan olinadi. Iqtidorli bitiruvçilarga Xitoyning yetakçi oliy talim muassasalarida grant asosida öqişni davom ettiriş va nufuzli taşkilotlarda stajirovka ötaş imkoniyati yaratiladi.

Bugungi kunda Xorazm viloyatida xitoylik investorlar iştirokida umumiy qiymati 2 milliard 343 million dollarlik 38 ta yirik loyiha amalga oşirilmoqda. Ularda zamonaviy texnologiyalar va xitoy tilini yaxşi biladigan yuqori malakali mutaxassislarga talab yuqori. Yangi talim muassasasi va Konfutsiy instituti ana şu ehtiyojga mos kadrlar tayyorlaşga xizmat qiladi.

Prezident talim dasturlarini iqtisodiyot va mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyğunlaştiriş, talabalarning zamonaviy texnologiyalar va xorijiy tillarni puxta egallaşi uçun barça şaroitlarni yaratiş muhimligini takidlagan.

Şu yerning özida davlat rahbariga yagona milliy turizm platformasi hamda turizm sohasida tadbirkorlar uçun yaratilayotgan yangi imkoniyat va yengilliklar taqdimot qilingan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: