Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali oçildi
17-08-2026, 17:53
235 марта
Xivada Lyaonin pedagogika universiteti filiali oçildiPrezident Şavkat Mirziyoyev Xiva şahrida taşkil etilgan Xitoyning Lyaonin pedagogika universiteti filiali va Konfutsiy instituti faoliyati bilan tanişdi.
Yangi talim majmuasini quriş va jihozlaş uçun davlat byudjetidan 140 milliard söm mablağ ajratilgan bölib, bu yerda 120 ta yangi iş örni yaratildi.
Filialda 2026 yil uçun 160 nafar talaba qabul qilinişi belgilangan. Kelgusida yillik qabulni 500 nafarga, talabalar sonini esa 2 ming nafarga yetkaziş rejalaştirilgan.
Talim özbek, xitoy va ingliz tillarida olib boriladi. Bakalavriatda xitoy tili, turizm, xalqaro biznes va suniy intellekt yönalişlari böyiça mutaxassislar tayyorlanadi.
Filial diplomi Özbekistonda töğridan-töğri tan olinadi. Iqtidorli bitiruvçilarga Xitoyning yetakçi oliy talim muassasalarida grant asosida öqiş va stajirovka ötaş imkoniyatlari yaratiladi.
Yangi talim muassasasi Xorazmda amalga oşirilayotgan yirik investitsiya loyihalari uçun zamonaviy texnologiyalar va xitoy tilini biladigan malakali kadrlar tayyorlaşga xizmat qiladi.




