Barça pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan özgaradi
15-05-2025, 14:33
152 марта
Prezidentimiz buni Termiz pedagogika instituti misolida tuşuntirib berdi.Bu oliygohga Yangi Özbekiston universitetidagi kabi xalqaro boşqaruv tizimi tatbiq etiladi. "Top" xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar örnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgaça va boşlanğiç talim böyiça 6 ta oliy maktab taşkil qilinadi.
Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika universiteti talim dasturlari joriy etiladi. Qolganlari esa Kembrij universiteti talablari asosida töliq qayta körib çiqiladi.
Oliygohdagi fanlar soni ham maqbullaşib, 20 tadan 15 taga, talim yönalişlari 31 tadan 17 taga tuşiriladi, öquv yuklamasi 20 foizga qisqaradi.
Termiz şahri va tumanidagi 47 ta maktab oliygohning amaliyot bazasiga aylantiriladi. 3 ta ixtisoslaşgan hamda yangi baholaş tizimiga ötgan 12 ta maktab esa metodik baza bölib, oliygoh ularni zamonaviy laboratoriya bilan taminlaydi.
Oliygohni xorijiy til sertifikati bor 20 nafar öqituvçisi şu yil Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarga malaka oşirişga yuboriladi.
Kelgusi uç yilda institutning barça professor-öqituvçilari xorijiy til sertifikatini olib, çet elda öqib keladi.
Bu tizim barça pedagogika oliygohlarida joriy etiladi.