Özbek–Frantsuz universiteti taşkil etiladi
27-11-2025, 09:45
128 марта

Özbek–Frantsuz universiteti taşkil etiladi
Özbekistonda xalqaro hamkorlik doirasida yana bir yangi oliy talim muassasasi oçilmoqda. 2025 yil 26 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Özbek–Frantsuz universitetini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.Qarorga muvofiq, mamlakatda Özbek–Frantsuz universiteti taşkil etilib, u öz faoliyatini Özbekiston qonunçiligi talablari hamda Frantsiya universitetlari konsortsiumi tavsiyalari asosida yuritadi.
Qarorga köra, universitetga kirişni istagan abituriyentlar uçun maxsus tayyorlov kursi taşkil etiladi. Talim jarayoni maqsadli davlat granti hamda tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
Universitet bitiruvçilariga universitet diplomi va (yoki) Frantsiya Respublikasida akkreditatsiyadan ötgan talim dasturlari böyiça konsortsium tarkibiga kirgan tegişli Frantsiya universitetining diplomi beriladi. Bunda bitiruvçilarga berilgan diplom Özbekiston Respublikasida tan olinadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq joriy yilning yanvar-avgust oylarida Özbekistonga talim oliş uçun xorijdan kelgan talabalar soni malum qilingandi. Şu yilning sönggi 8 oyida Özbekistonga talim oliş maqsadida 14 216 nafar talaba kirib kelgan. Eng köp talabalar Turkmanistondan kelgan (4 603 nafar) kelgan.