Korxonalarga SI joriy qiliş xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi
Özbekistonda korxonalarga SI joriy qiliş xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Bu haqda bugun, 18 avgust kuni Prezidentning Xivada bölib ötgan tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida malum qilindi.
Tahlillarga köra, zamonaviy boşqaruv va suniy intellekt yondaşuvlarini joriy qilgan tadbirkorlarning 54 foizida mahsulotga talab keskin ortgan. 25 foizida tannarx kamayib, 40 foizida daromad ösişi hisobiga işçilarning oyligi 10 foizdan köproq kötarilgan.
Raqamli hukumat loyihalarini boşqariş markazida birinçi superkompyuter klasteri işga tuşirildi. Kelasi yil uning quvvati 3 karra oşiriladi.
“10 ming korxona uçun – suniy intellekt hamkor” dasturi boşlanadi. Korxonalarga suniy intellekt joriy qiliş xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
Yangi mahsulot uçun suniy intellekt modelini yaratişda superkompyuterdan bepul foydalaniş imkoni beriladi. Ilmiy-tadqiqot xarajatlari ham byudjetdan qoplanadi.
Tadbirkorlar foydalanişi uçun tayyor suniy intellekt dasturlari oçiq platformaga joylaştiriladi. Dasturning birinçi bosqiçiga kamida 100 million dollar ajratiladi.
Töqimaçilikdagi tajriba elektrotexnika, quriliş materiallari va oziq-ovqat sanoatiga ham tatbiq etiladi. Uşbu korxonalarda avtomatlaşgan boşqaruv tizimlarini joriy etiş xarajatining 50 foizi qoplab beriladi.