USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Jarima 1,4 trln dollar: 29 ştat Meta’ni sudga berdi

57 марта
Жарима 1,4 трлн доллар: 29 штат Meta’ни судга берди

AQŞning 29 ta ştati Meta Platforms kompaniyasini Facebook va Instagram platformalari bolalar hamda ösmirlarda qaramlik keltirib çiqaradigan va ularning ruhiy salomatligiga salbiy tasir körsatadigan tarzda işlab çiqilganida ayblab, sudga davo arizasi kiritdi. Yuzaga kelişi mumkin bölgan jarimaning umumiy summasi 1,4 trillion dollargaça yetişi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, bugun, 18 avgust kuni Kaliforniya federal sudida uşbu iş böyiça sud jarayoni boşlangan. 29 ta ştatdan iborat ikki partiyaviy koalitsiyaga boşçilik qilayotgan Kolorado, Kaliforniya, Nyu-Jersi va Kentukki advokatlari Oklendda sakkiz nafar sudyalar hayati oldida kiriş sözlari bilan çiqiş qiladi. Sudyalar hayati maslahatçilik funktsiyasini bajaradi, yakuniy qarorni esa federal sudya Ivonna Gonsales Rojers çiqaradi.

Törtta ştat Meta’ni Facebook va Instagram’ni bolalar hamda ösmirlarda qaramlik keltirib çiqaradigan qilib işlab çiqqanlikda va platformalarning xavfsizligi böyiça foydalanuvçilarni çalğitganlikda ayblamoqda.

Şuningdek, barça 29 ta ştat Meta’ni bolalarning şaxsiy malumotlarini noqonuniy yiğiş va ulardan foydalanişda ayblamoqda, bu esa davogarlarning fikriça, federal qonunçilikni buziş hisoblanadi.

Jarayon davomida Meta asosçisi va boş ijroçi direktori Mark Tsukerberg körgazmali tuşuntriş berişi kutilmoqda. Şuningdek, Instagram rahbari Adam Mosseri ham çiqiş qiladi.

Meta internetda bolalar xavfsizligini taminlaş uçun sezilarli harakatlarni amalga oşirganini bildirmoqda. Kompaniya vakillari platformanng xavfsizligi böyiça foydalanuvçilarni çalğitmaganini va ştatlar real zarar yetkazilgani haqida isbotlar taqdim etmaganini takidlamoqda.

Meta ehtimoliy jarimalar miqdori 1,4 trillion dollargaça yetişi mumkinligidan ogohlantirgan. Şu bilan birga, ştatlar boş prokurorlari hozirça talab qilinayotgan aniq summani oçiqlamagan va eşituvlarda bu summa taxminan 200 milliard dollarni taşkil etişi mumkinligini bildirgan.

Kolorado, Kentukki, Kaliforniya va Nyu-Jersi boş prokurorlari, şuningdek, suddan Meta’ga yoş çeklovlarini joriy etiş, lentani çeksiz varaqlaş funktsiyasidan voz keçiş va butun mamlakat böylab platformalar işiga boşqa özgartirişlar kiritişni majburiy yuklaşni söramoqda.

Davo arizasi 2023 yilda Instagram va Facebook’ning yoş foydalanuvçilarga tasiri böyiça ştatlararo tekşiruvdan söng topşirilgan. Uşbu tekşiruv Meta’ning sobiq xodimi Frensis Xaugenning bayonotlaridan söng boşlangan. 2021 yilda AQŞ Senatidagi eşituvlarda u kompaniya öz mahsulotlarining yoş foydalanuvçilarga yetkazadigan ehtimoliy zarari va ularni xavfsizroq qiliş yöllari haqida bilganini, ammo foydani oşiriş maqsadida tegişli özgarişlarni kiritmaganini malum qilgan.

Sudda ştatlar Meta’ning içki hujjatlari va tadqiqotlarini, şuningdek, kompaniyaning sobiq xodimlari va ekspertlarning körgazmalarini taqdim etişi kutilmoqda.

“Reuters”ning yozişiça, Meta, şuningdek Snap, TikTok va YouTube qonunçilar va sudlar tomonidan ortib borayotgan bosimga duç kelmoqda. 29 ştatni qamrab olgan uşbu davo yoş foydalanuvçilarga yetkazilgan ehtimoliy zarar sababli ijtimoiy tarmoqlarga qarşi oçilgan minglab işlardan biri hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Los-Anjeles sudi Alphabet (Google egasi) va Meta texnologik gigantlariga qarşi davo arizasi bilan çiqqan kaliforniyalik 20 yoşli fuqaroning işi böyiça qaror qabul qilgandi. Unga köra, sudyalar hayati Meta davogarga kamida 2,1 million dollar tovon tölaşi kerakligi haqida qaror çiqargan. Google kompaniyasiga nisbatan esa hukm kamida 900 ming dollar tölaşni nazarda tutadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: