USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Open budget”: Farğona şahrida ovoz beriş vaqtinça çeklandi

114 марта
“Open budget”: Фарғона шаҳрида овоз бериш вақтинча чекланди

“Taşabbusli byudjet”ning ovoz beriş bosqiçida Farğona viloyatining Farğona şahri iştiroki vaqtinçalik çeklanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, “Taşabbusli byudjet” jarayonining 2026-yilgi 2-mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan jami 23 551 ta loyiha kelib tuşgan bölib, şulardan 20 254 tasi işçi komissiyalar tomonidan saralaş bosqiçidan ovoz beriş bosqiçiga ötkazilgan.

Malum bölişiça, Farğona viloyatining Farğona şahrida ayrim loyihalar işçi komissiya tomonidan asossiz ravişda rad etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi (vakolatli organ) tomonidan loyihalarni amaldagi qonunçilikda belgilangan mezonlarga asosan qayta körib çiqiş yuzasidan sörov yuborilgan bölsa-da, Farğona şahri işçi komissiyasi tomonidan loyihalar qayta körib çiqilişi taminlanmagan.

Şu munosabat bilan, işçi komissiya tomonidan loyihalar amaldagi mezonlarga muvofiq qayta körib çiqilmagunga qadar Farğona şahrida  loyihalarga ovoz beriş bosqiçi vaqtinçalik çeklanadi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 15 iyulidan boşlab “Taşabbusli byudjet” jarayonining 2026 yilgi ikkinçi mavsumi boşlangan edi. 

Bunda:

  • 15 iyuldan 3 avgustgaça – loyihalarni kiritiş;
  • 4-18 avgust kunlari – loyihalarni saralaş;
  • 19-21 avgust kunlari – tarğibot bosqiçi;
  • 22-31 avgust kunlari – ovoz beriş bosqiçi;
  • 1-10 sentyabr kunlari – qöşimça ğoliblarni elon qiliş bosqiçi ötkaziladi.

Ananaviy ovoz beriş bosqiçi yakunlariga köra ğolib loyihalar 1 sentyabr – Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni elon qilinadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: