USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Boburtepa yodgorligida noyob devoriy surat topildi

74 марта
Бобуртепа ёдгорлигида ноёб деворий сурат топилди

Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanidagi Boburtepa arxeologik yodgorligida olib borilgan qazişmalar davomida qadimiy bino qoldiqlari va noyob devoriy surat namunasi topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Malumotlarga köra, tadqiqotlar davomida inşoot xonalaridan birining ğarbiy devorida gil suvoq ustiga işlangan lola va oq gullar tasviri aniqlangan. Gullar qizil rangdagi ingiçka tölqinsimon çiziqlar bilan uyğunlaştirilgan. Keyinçalik devoriy surat oq ohakli suvoq qatlami bilan qoplangan.

Qayd etilişiça, binoning mahobatli va qalin devorlari, şuningdek, undagi bezaklar inşoot milodiy IV–V asrlarda ibodatxona sifatida faoliyat yuritgan bölişi mumkinligini körsatmoqda.

Mutaxassislarning fikriça, kelgusidagi qazişma va tadqiqotlar inşootning asl vazifasi, memoriy tuzilişi hamda tarixiy ahamiyatini yanada aniqlaşga yordam beradi.

Agentlikka köra, arxeologik tadqiqotlar Samarqand arxeologiya instituti xodimi Sanjar Abduraximov tomonidan olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylaşgan Mingtepa arxeologik yodgorligida olib borilayotgan qazişmalar davomida milodiy VIII asrga oid ehtimoliy hukmdorlar saroyining memoriy qoldiqlari aniqlangan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: