Şvetsiyada 9 ming yillik homilador ayol topildi
Şvetsiyaning Gotland oroli yaqinidagi Lilla-Karlsyo orolida arxeologlar taxminan 9 ming yillik homilador ayol skeletini aniqladi. Uning baçadoni sohasida haddan taşqari yaxşi saqlangan homila qoldiqlari topilgan. Bu haqda Şvetsiya davlat radiosi SR xabar qildi.
Malumotlarga köra, yoş homilador ayolning qoldiqlari Lilla-Karlsyo orolidagi Suder-Vagnxus ğorida olib borilgan arxeologik qazişmalar vaqtida aniqlangan.
Qayd etilişiça, arxeologlar ayolning baçadoni sohasida juda yaxşi saqlangan homilani topgan. Mutaxassislar uning yoşi taxminan 9 ming yil ekanini baholagan.
Arxeolog va loyiha rahbari Aleksandr Ryosen Şyostrandning takidlaşiça, bu dunyoda malum bölgan eng qadimiy va yaxşi saqlangan homila namunalaridan biri hisoblanadi.
Bildirilişiça, uşbu topilma jahon miqyosida noyob kaşfiyot sifatida baholanmoqda. Ayni paytda hududdagi arxeologik qazişmalar davom ettirilmoqda. Olimlar ayolning kelib çiqişi va uni dafn etiş marosimining xususiyatlarini aniqlaşni rejalaştirgan.
Eslatib ötamiz, avvaloq Qozoğistonning Qostanay viloyatida arxeologlar toş davriga oid noyob dafn joylarini aniqlagandi.