USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Misrda Vizantiya davriga oid şahar qoldiqlari topildi

79 марта
Мисрда Византия даврига оид шаҳар қолдиқлари топилди

Arxeologlar Misr ğarbidagi Liviya sahrosida joylaşgan Daxla vohasida Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirgan IV asrga oid şahar qoldiqlarini aniqladi. Bundan taşqari, Aleksandriya yaqinidagi Marina-el-Alameyn hududidan 18 ta qadimiy maqbara – 11 ta qoyaga öyib işlangan va 7 ta yer usti qabri topilgan. Bu haqda mamlakat Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligiga tayanib “Associated Press” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Daxla vohasida şimoldan janubga va şarqdan ğarbga qarab kesişgan köçalardan tarkib topgan mavzelar topilgan. Turarjoyning boş köçalariga qaragan çekka qismida ibodatxona va ikkita kuzatuv minorasining qoldiqlari joylaşgan. Uşbu hududda, şuningdek, qalin mustahkamlangan devorlarga ega mudofaa inşootlari va gumbazli tom ostidagi turarjoy binolari ham aniqlangan. Ulardan biri diakon (ruhoniy yordamçisi) uyi deb topilgan bölib, undan ibodatxona qurilguniga qadar çerkov sifatida ham foydalanilgan.

Arxeologlar, şuningdek, non yopiş uçun möljallangan peçlar, oşxona anjomlari va mahsulotlarni maydalaş uçun toş qurollarni topgan. Bundan taşqari, Vizantiya imperatorlarining portretlari, lotinça yozuvlar va nasroniylik ramzlari tuşirilgan, yaxşi saqlangan bronza tangalar hamda Rim imperatori Konstantsiy II hukmronlik qilgan davrga (miloddiy 337 yildan 361 yilgaça) oid oltin tangalar topilgan.

Marina-el-Alameynda esa sopol idişlar, amforalar, çiroqlar, likoplar, qurbongohlar va ohaktoşli kosalar, dafn marosimi doirasida marhumlarning oğziga solingan törtta oltin tanga, şuningdek, içida skelet qoldiqlari bölgan 2,5 metrli granit sarkofag va uning yonidan gipsdan yasalgan sfinks haykalining parçalari topilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq xalqaro arxeologlar guruhi Meksika junglilarida ilgari nomalum bölgan, olimlarning hisob-kitoblariga köra, ming yildan ortiq vaqt davomida yaşirin bölib kelgan Mayya tsivilizatsiyasiga tegişli şaharni aniqlagan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: