USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rimda haşamatli qadimiy villa topildi

50 марта
Римда ҳашаматли қадимий вилла топилди

Italiya poytaxti Rim şahri çekkasida joylaşgan Kastel-di-Gvido hududida Rim imperiyasi davriga oid haşamatli villa topildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Malumotlarga köra, joriy yilning fevral oyida mahalliy aholi hududda şubhali faoliyat kuzatilgani haqida rasmiylarga xabar bergan. Tekşiruv davomida karabinerlar harbiy politsiyasi qadimiy arxeologik joylarda uçraydigan noqonuniy qaziş belgilari – tunda olib borilgan işlar, tuproq uyumlari va ruxsatsiz faoliyat izlarini aniqlagan.

Malum bölişiça, bir guruh şaxslar ekskvator yordamida panjara tösiqlarini kesib ötib, yer ostida yaşiringan katta inşootga kirgan. Qisqa vaqt içida qaziş işlari töxtatilgan bölsa-da, bu jarayon davomida ilgari nomalum bölgan Rim davri villasining qoldiqlari oçilgan.

Arxeologlar hozirgaça atrium va suv yiğiladigan hovuz bilan jihozlangan katta zalni, şuningdek qora va oq rangdagi murakkab geometrik hamda ösimliksimon naqşli mozaika pollarni aniqlagan.

Italiya Madaniyat vazirligi vakillarining bildirişiça, uşbu hudud qadimda imperatorlar tez-tez taşrif buyuradigan Lorium manziliga kirgan bölib, villa Rim aristokratiyasining yuqori tabaqasiga tegişli bölgan bölişi mumkin. Mutaxassislar topilmalar orasida marmar bezaklar va Rim tabiat xudosi Silvanga tegişli haykal qoldiqlarini topganini ham qayd etgan.

Rasmiylar qaziş işlari natijasida inşootga qisman zarar yetganini, biroq qimmatli artefaktlar yöqolgan yoki yöqligi hali aniq emasligini bildirgan. Hozirda arxeologik qaziş işlari davom etmoqda. Taşrif buyuruvçilar esa uşbu tarixiy hududni oldindan röyxatdan ötgan holda köriş imkoniyatiga ega böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Misrda arxeologlar noyob va qadimiy, doira şaklidagi ibodatxonani topgan edi. Malumotlarga köra, uşbu inşoot taxminan 2200 yil avval muqaddas suv rituallari (marosimlari) uçun işlatilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: