“Open budget” qatnaşçilari ogohlantirildi
Davlat mehnat inspektsiyasi “Open budget” uçun xodimlarni majburiy ravişda ovoz beriş yoki ovoz yiğişga jalb qiliş holatlari haqida xabar berişga çaqirdi.
Qayd etilişiça, xodimlarni majburiy tarzda ovoz yiğiş yoki ovoz berişga jalb qiliş mehnat qonunçiligiga zid hisoblanadi.
Şuningdek, Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq, mehnatga biron-bir şaklda mamuriy tarzda majburlaş bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigaça miqdorda jarima solinişiga sabab böladi.
Agar xodimlarni majburiy ravişda ovoz yiğiş yoki ovoz berişga jalb qiliş holati aniqlansa, tegişli loyiha “Taşabbusli byudjet” jarayonidan çetlatilişi mumkin. Bunday holatga yöl qöygan masul şaxslar esa belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Davlat mehnat inspektsiyasi bunday holatlarga duç kelgan fuqarolarni 1176 qisqa raqamiga murojaat qilişga çaqirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Taşabbusli byudjet”da ovoz beriş evaziga pul mukofotlari vada qiluvçi norasmiy Telegram-botlaridan foydalaniş holatlari yuzasidan fuqarolarni ogohlantirgan edi.