Böstonliqda 320-280 ming yillik noyob buyumlar topildi
Toşkent viloyatining Böstonliq tumanidagi Arkutsoy paleolit yodgorligida 320-280 ming yil avval şakllangan qatlamdan inson tomonidan işlov berilgan toş buyumlar topildi. Agar uşbu 320-280 ming yillik sana laboratoriya tahlillari bilan tasdiqlansa, Arkutsoy Özbekistondagi eng qadimgi paleolit yodgorligi sifatida etirof etilişi mumkin. Bu haqda Özbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, topilmalar Özbekiston Fanlar akademiyasi Antropologiya instituti hamda Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bölimining Arxeologiya va etnografiya instituti mutaxassislari olib borayotgan qöşma tadqiqotlar davomida aniqlangan.
Arkutsoy yodgorligini maqsadli arxeologik örganiş 2024 yilda boşlangan. Hozirda qazişma va kuzatuv işlari uçta alohida maydonda olib borilmoqda.
Tadqiqotlar davomida yodgorlikning birinçi, ikkinçi va uçinçi qadimgi qazilma tuproq qatlamlaridan inson tomonidan işlov berilgan toş artefaktlar topilgan. Bu esa qadimgi insonlar mazkur hududni bir neça bosqiçda özlaştirganini körsatadi.
Mutaxassislarning dastlabki geologik va paleoiqlimiy baholaşlariga köra, uçinçi qatlam 320-280 ming yil avval şakllangan.
Avvalgi tadqiqotlar jarayonida yodgorlikning 20 va 40 metr çuqurlikdagi qatlamlaridan ham ayrim toş artefaktlar topilgan. Biroq ularning aniq stratigrafik holati yetarliça hujjatlaştirilmagani sababli, topilmalarni muayyan davrga tegişli ekanini işonçli aniqlaşning imkoni bölmagan.
Olimlarning aytişiça, yangi topilmalar qadimgi insonlarning Markaziy Osiyoga tarqalişi va tabiiy-iqlimiy şaroitlarga moslaşuvini örganişda muhim ahamiyatga ega. Şuningdek, lyoss va qazilma tuproq qatlamlarini arxeologik topilmalar bilan birgalikda örganiş orqali qadimgi insonlar faoliyati, iqlim özgarişlari va landşaft rivoji örtasidagi boğliqlikni aniqlaş mumkin.
Agar 320–280 ming yillik sana mustaqil laboratoriya tahlillari bilan tasdiqlansa, bu qadimgi insonlar Toşkent vohasi va Özbekiston hududini bundan 320 ming yil avval ham özlaştirganini körsatadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanidagi Boburtepa arxeologik yodgorligida olib borilgan qazişmalar davomida qadimiy bino qoldiqlari va noyob devoriy surat namunasi topilgan edi.