Şavkat Mirziyoyev “ŞHT – 2040” kontseptsiyasini işlab çiqişni taklif etdi
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “ŞHT – 2040: umumiy taraqqiyot makoni” kontseptual qaraşini işlab çiqişni taklif etdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisi bugun, 1 sentyabr kuni Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşi yiğilişidagi nutqida söz oçdi.
Prezident ŞHT oldida turgan eng dolzarb vazifalarga töxtalib ötgan.
“Bugungi kunda nafaqat yuzaga kelayotgan muammolarni samarali hal etiş, balki uzoq muddatli istiqbolda taşkilotni qanday holda körişni istaşimizni aniq tasavvur qilişimiz ham muhimdir.
Davlatlarimizning raqobatbardoşligi ularning salohiyatlarini birlaştiriş va birgalikda rivojlaniş uçun yangi imkoniyatlar yaratişga tayyorligiga töğridan töğri boğliq”, deydi Şavkat Mirziyoyev.
Şuningdek, Özbekiston yetakçisi ŞHT mamlakatlarining ulkan insoniy, tabiiy, işlab çiqariş va intellektual resurslari, eng avvalo, xalqlarimiz farovonligini yuksaltirişga xizmat qilişi lozimligigi işonç bildirgan. Şu bois, “ŞHT – 2040: umumiy taraqqiyot makoni” kontseptual qaraşini işlab çiqişga kirişişni taklif etgan. Uning asosiy maqsadi investitsiyalar, texnologiyalar va bilimlar erkin almaşiniladigan, yirik infratuzilma va sanoat loyihalari amalga oşiriladigan, mintaqalar, biznes va odamlar örtasidagi töğridan töğri aloqalar kengayib boradigan özaro boğliq va barqaror makonni şakllantirişdan iborat bölişi lozim.
Özbekiston yetakçisiga köra, iqtisodiy soha ŞHT samaradorligining muhim ustuvor yönalişi va boş körsatkiçi hisoblanadi. Sönggi yillarda biznes hamkorligining geografiyasi va yönalişlari barqaror ravişda kengayib bormoqda. Özbekistonda ŞHT mamlakatlari bilan birgalikda bir yarim mingdan ortiq qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda, özaro savdo va investitsiyalar hajmi ortmoqda. Uşbu dinamikani köp tomonlama qöşilgan qiymat zanjirlarini barqaror rivojlantirişga yönaltiriş zarur.
“Şu maqsadda maxsus iqtisodiy zonalar, işlab çiqariş jarayonlari, sotuv bozorlari va logistikani birlaştiradigan ŞHT Sanoat kooperatsiyasi xaritasini işlab çiqişni taklif etamiz.
Natijada biznes, investorlar va davlat tuzilmalari uçun amalda universal raqamli darça paydo böladi.
Hozirning özidayoq umumiy tamoyillarni kelişiş bosqiçidan ŞHT Taraqqiyot bankini amalda işga tuşirişga ötiş zarur deb hisoblaymiz”, deydi Özbekiston yetakçisi.
Şavkat Mirziyoyevning bildirişiça, uşbu institut faoliyati umummintaqaviy ahamiyatga ega bölgan, hayotga tatbiq etiş uçun tayyor investitsiya takliflariga tayanişi lozim. Hukumat rahbarlari kengaşi transport, energetika, sanoat kooperatsiyasi va raqamli infratuzilma sohalaridagi ustuvor loyihalar portfelini tanlaşni boşlaşi kerak.
Bundan taşqari, Özbekiston yetakçisi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning Suniy intellekt sohasida hamkorlik böyiça butunjahon taşkilotini taşkil etiş töğrisidagi taşabbusini olqişlagan.
“Öylaymanki, ŞHT uşbu yangi texnologik alyansning birinçi hamkorlari qatorida bölişi kerak.
Suniy intellektni rivojlantiriş borasidagi say-harakatlarimizni birlaştiriş maqsadida ŞHTning oçiq köp tilli malumotlar korpusini şakllantiriş töğrisida qaror qabul qilişni ham taklif etamiz”, deydi Özbekiston Prezidenti.
Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev Özbekiston kelgusi yili Toşkentda ŞHTning suniy intellekt va yangi raqamli yeçimlar böyiça forumini ötkazişga tayyor ekanini bildirgan.
Eslatib ötamiz, uşbu yiğilişda Özbekiston Prezidenti Xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikning keng kölamli masalalarini muhokama qiliş uçun ŞHTning Afğoniston bilan muntazam muloqotini qayta tiklaş vaqti kelganini aytgan edi.