USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yadro xavfsizligi böyiça ŞHT deklaratsiyasini qabul qiliş vaqti keldi – Mirziyoyev

289 марта

Yadro xavfsizligi böyiça ŞHT deklaratsiyasini qabul qiliş vaqti keldi – Mirziyoyev

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Yadro xavfsizligi köp tomonlama şeriklikni mustahkamlaş böyiça Şanxay hamkorlik taşkiloti deklaratsiyasini qabul qilişni taklif qildi. Bu haqda u bugun, 1 sentyabr kuni Xitoyning Tyantszin şahrida ötayotgan ŞHT sammitida söz oçdi.

U xavfsizlik sohasidagi hamkorlik ŞHTning hal qiluvçi ustuvor yönalişlaridan biri ekanini eslatib, bugungi kunda kelişilgan yondaşuvlarga hamda işonç va xavfsizlikni taminlaşning yangi mexanizmlariga talab kuçayib borayotganini takidladi.

“Yadro xavfsizligi yölida köp tomonlama şeriklikni mustahkamlaş böyiça ŞHT deklaratsiyasini qabul qiliş vaqti keldi, deb hisoblaymiz. Uşbu deklaratsiya tinçlik yölidagi atomni rivojlantiriş va favqulodda holatlarga javob qaytarişning mustahkam asosiga aylanadi, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti şafeligidagi tarqatmaslik global rejimiga munosib hissa böladi”, dedi Mirziyoyev.

Şuningdek, Özbekiston Prezidenti terrorizm va ekstremizmning tabiati sezilarli ravişda özgarayotgani, kiberjinoyatçilik, sintetik narkotiklar işlab çiqariş va aylanmasi ösib borayotgani, uyuşgan jinoyatçilik kuçayayotgani munosabati bilan bildirilayotgan xavotirlarga qöşilişini aytgan. U uşbu tahdidlarga qarşi samarali kuraşiş maqsadida Içki işlar va jamoat xavfsizligi vazirlari kengaşi işini qayta tiklaş, Jinoyatçilikka qarşi kuraşişda hamkorlik töğrisidagi bitimni qayta körib çiqiş, Giyohvandlikka qaram bölib qolişga qarşi kuraşişning 2030 yilga qadar möljallangan dasturini işlab çiqişni taklif qildi.

Şu bilan birga, Mirziyoyev “ŞHT – Afğoniston” muloqot guruhi faoliyati qayta tiklanişini qöllab-quvvatladi. Uning aytişiça, konstruktiv muloqotlarni rivojlantiriş va Afğonistondagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni qöllab-quvvatlaş böyiça takliflarni işlab çiqiş muloqot guruhining asosiy vazifalaridan biri bölişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: