USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev öquvçi va ustoz-murabbiylarga tabrik yölladi

78 марта
Шавкат Мирзиёев ўқувчи ва устоз-мураббийларга табрик йўллади

Bugun, 1 sentyabr kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev yangi öquv yili boşlanişi munosabati bilan özbekistonlik öquvçi va ustoz-murabbiylarga tabrik yölladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Barçangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutluğ bayramiga uyğun va hamohang holda ötayotgan Bilimlar kuni bilan çin dildan samimiy muborakbod etaman.

Uşbu quvonçli ayyomda beğubor nigohlarida hayrat va hayajon uçqunlari porlab, katta orzu-intilişlar bilan maktab ostonasiga qadam qöyayotgan 800 ming nafarga yaqin öğil-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatçiligiga özimning ezgu tilaklarimni bildiraman.

Yangi öquv yili mamlakatimizning butun talim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi marifiy yuksaliş yili bölsin!” deyiladi tabrik maktubida.

Şuningdek, Özbekiston yetakçisi keyingi yillarda talim-tarbiya sohasida amalga oşirayotgan keng kölamli islohotlar tufayli Yangi Özbekiston maktablari butunlay yangiça qiyofa kasb etib, talim sifati takomillaşib borayotganini qayd etgan.

“Ana şunday muhitda ulğayib, kamolga yetayotgan, öqiş, kasbiy talim, “Ay-ti”, ijodiy izlanişlar, sport, jamoat işlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan öğil-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir”, deydi Prezident.

Şu bilan birga, Özbekiston yetakçisi bunday bilimli, zukko, tirişqoq va intiluvçan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlar timsolida Uçinçi Renessans nihollarini körişini bildirgan. 

“Ularning har birini gurkirab ösadigan azim daraxt, yoruğ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalaş – muqaddas vazifamizdir.

Heç şubhasiz, bunday uluğ maqsadlarga yetişda mustahkam poydevor bölib xizmat qiladigan talim-tarbiya sohasini rivojlantirişga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bağridan katta hayotga yöllanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab çiqişi uçun barça şaroitlarni yaratamiz. Buning uçun hududlarda “Kasblar şaharçalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilğor mutaxassislarni jalb etamiz”, deydi Prezident.

Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev öquvçilarga murojaat qilib, ularga baxtli va saodatli hayot eşiklarini oçadigan kalit ham, umr yöllarida paydo böladigan murakkab savollarning yeçimi, sinov va maşaqqatlarni yengib ötişning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilim ekanini qayd etgan. 

“Gözal yoşlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, ğoya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil örganing. Izlaniş va harakatdan heç qaçon töxtamang.

Ajdodlarimizdan meros bölgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga çeksiz sadoqat tuyğulari bilan yaşang!

Şu yölda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin döst va maslahatçi deb biling!

Sizlarga yangi öquv yilini alo baholar bilan boşlab, har bir öquv çoragini muvaffaqiyatli yakunlaşni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bölişini tilayman.

Bilimlar bayrami barçangizga muborak bölsin, aziz farzandlarim!” deydi Özbekiston Prezidenti.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: