USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda biznesni röyxatga oliş tadbiri ötkaziladi

78 марта
Ўзбекистонда бизнесни рўйхатга олиш тадбири ўтказилади

Özbekistonda joriy yilning 15 oktyabridan 30 noyabriga qadar biznesni röyxatga oliş tadbirini ötkaziladi. Bu haqda bugun, 2 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş yakunlari hamda milliy statistika tizimida islohotlarni jadallaştirişga qaratilgan takliflar taqdimotida söz boradi.

Mamlakat aholisi 1989 yildan buyon qariyb ikki barobar, iqtisodiyot esa sönggi sakkiz yilda ikki karra ösgan. Bunday özgarişlar aholi tarkibi, yaşaş manzillari, yer resurslari, qişloq xöjaligi hamda oziq-ovqat manbalari töğrisida aniq va işonçli malumotlarga bölgan ehtiyojni oşirgan.

Şu maqsadda joriy yilda ötkazilgan aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş natijalari böyiça axborot berilgan.

Dastlabki natijalarga köra, Özbekistonda doimiy aholi soni 39 million 47 ming nafarni taşkil etgan. Amaldagi hisobda aks etmagan 810,6 ming nafar aholining yaşaş manzili va ijtimoiy maqomiga aniqlik kiritilgan.

Amaldagi malumotlar bilan soliştirganda Jizzax viloyati aholisi 2,7 foiz, Namanganda 1,3 foiz, Surxondaryoda 0,9 foiz va Qaşqadaryoda 0,7 foiz kam ekani aniqlangan. Buxoro viloyatida körsatkiç deyarli özgarmagan, boşqa hududlarda esa ösgan. Xususan, Toşkent tumani aholisi avvalgi hisobga nisbatan 1,6 barobar köp, Andijon şahrida esa 15,8 foiz kam ekani malum bölgan.

Qişloq xöjaligini röyxatga oliş natijasida hisobda aks etmagan 985,5 ming gektar yerning çegarasi va toifasi aniqlaştirilgan. Şundan 789,5 ming gektari ekin yerlari, 14,1 ming gektari issiqxonalar, 75,3 ming gektari boğlar, 21,4 ming gektari tokzorlar va 85 ming gektari baliqçilik havzalariga töğri keladi.

Jarayonlarning raqamlaştirilgani hisobiga röyxatga oliş xarajati aholi jon boşiga 1,5 ming sömdan oşmagan. Bu MDH davlatlaridagi körsatkiçlarga nisbatan 15 barobar kam. Internet orqali röyxatga oliş qamrovi 82,3 foizni taşkil etgan. Barça jarayonlar 15 kunda yakunlanib, Özbekiston röyxatga oliş tezligi böyiça dunyoda ikkinçi örinni egallagan.

Röyxatga oliş natijalari asosida aholi va qişloq xöjaligining doimiy yangilanib boradigan statistik registrlari şakllantiriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş dasturlariga oid 100 ta, qişloq xöjaligi va ekin maydonlariga doir 50 ta körsatkiç yangilanadi. Şuningdek, 2017-2025 yillar uçun milliy hisoblar körsatkiçlari qayta baholanadi.

Taqdimotda iqtisodiy faoliyatni töliq statistik hisobga oliş masalalariga alohida etibor qaratildi. Bugungi kunda kuzatilmaydigan iqtisodiyot uluşi 23 foizni yoki 246 trillion sömni taşkil etmoqda. Qişloq xöjaligida umumiy aylanmaning 60 foizi uşbu sektor hissasiga töğri keladi.

Mehnat bilan band bölgan 15,2 million aholining 6,5 millioni yoki 42 foizining daromadlari rasmiy hisobda töliq aks etmayapti. Röyxatdan ötgan köplab kiçik va örta biznes subektlari amalda işlamaydi yoki faoliyatini töxtatgan.

Mazkur holat halol işlayotgan va soliq majburiyatlarini töliq bajarayotgan korxonalar uçun nosoğlom raqobat muhitini yuzaga keltirmoqda. Har 4-5 sömlik iqtisodiy aylanmaning 1 sömi rasmiy statistika etiboridan çetda qolmoqda. Uşbu faoliyatni tartibga soliş byudjetga qöşimça önlab trillion söm tuşum taminlaş va kelgusida soliq yukini kamaytiriş imkonini beradi.

Şu munosabat bilan joriy yilning 15 oktyabridan 30 noyabriga qadar biznesni röyxatga oliş tadbirini ötkaziş taklifi maqullangan. Uning doirasida mamlakatda faoliyat yuritayotgan barça iqtisodiy birliklar xatlovdan ötkazilib, subektlarning holati, tarkibi va iqtisodiyot tarmoqlari böyiça taqsimotiga aniqlik kiritiladi. Korxona va taşkilotlar töğrisidagi statistik registrlar yangilanib, tanlanma kuzatuvlar uçun işonçli asos yaratiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: