USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ahmedovning murojaati ortidan “Özbekfilm”ning 1 mlrd sömlik qarzi qoplandi

104 марта
Аҳмедовнинг мурожаати ортидан “Ўзбекфильм”нинг 1 млрд сўмлик қарзи қопланди

“Özbekfilm”ning 1 mlrd sömdan ortiq soliq qarzi yopilib, 12 ta avtomobili qaytarildi. Biroq kinostudiyaning gardanida hali 3 mlrd sömlik iş haqi qarzi va 22 mln yevro kredit majburiyati qolmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirining birinçi örinbosari – Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov malum qildi.

Qayd etilişiça, “Özbekfilm”ning 1 mlrd sömdan ortiq soliq qarzi töliq qoplangan. Qarz aynan qaysi pullar evaziga va qanday şartlar asosida qoplangani esa oçiqlanmagan.

Şuningdek, auktsionga qöyilişi arafasida turgan 12 ta avtomobil ham kinostudiya ixtiyoriga qaytarilgan.

Ahmedovga köra, hozirda xodimlarning töplanib qolgan 3 mlrd sömdan ortiq iş haqi qarzdorligini qoplaş böyiça işlar olib borilmoqda. Kinostudiya oldidagi eng katta masala esa 22 mln yevro miqdoridagi kredit majburiyatini hal etiş hisoblanadi.

Madaniyat vazirining birinçi örinbosari “Özbekfilm”ni özining 10 gektarlik yer maydoni bilan birga garovdan ozod qiliş hamda kredit majburiyatini hal etiş böyiça Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda iş olib borilayotganini bildirgan.

“Özbekfilm” inqirozning emas, milliy kinematografiyaning ramzi bölişi kerak”, deydi Ahmedov.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Özbekfilm”ning 22,9 million yevro miqdorida kredit majburiyati va 1 milliard sömdan ortiq soliqdan qarzi borligi malum bölgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: