Toşkentda ösmir qiz özini tomdan taşlamoqçi böldi
Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanida köp qavatli uy tomiga çiqib, öz joniga qasd qilmoqçi bölgan ösmir qizning hayoti mahalla noziri va patrul-post safdori tomonidan saqlab qolindi. Bu haqda Mirzo Uluğbek tumani hokimining matbuot kotibi Mamur Farmonov özining Telegram-kanalida malum qildi.
Qayd etilişiça, hodisa “Şalola” mahallasidagi Qodirova köçasi, 2-uyda sodir bölgan. Fuqaro Y. E. köp qavatli uyning tomiga çiqib olgan.
Videoda qizning köp qavatli uy yuqorisida turgani, keyin esa huquq-tartibot xodimlari uning oldiga çiqib, öz joniga qasd qiliş niyatidan qaytargani körinadi.
Mamur Farmonovning bildirişiça, holat böyiça zudlik bilan çora körilgan. Mahalla noziri, leytenant R. O. Dusmatov hamda patrul-post safdori J. T. Jumanov fuqaro bilan muloqot örnatgan.
Ularning tezkor harakatlari natijasida qiz xavfsiz tarzda pastga tuşirilib, uning hayoti saqlab qolingan.
Hozirda holat yuzasidan belgilangan tartibda tegişli çora-tadbirlar olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida Cobalt haydovçisi rul boşqaruvini yöqotişi oqibatida kanalga tuşib ketgan edi. Yöl-patrul xizmati xodimi maşinada çökayotgan ayolni körib, uni qutqarib qolgan.