Yangihayotda 10 kun “svet” bölmaydimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahri Yangihayot tumanidagi qator hududlarda 10 kun davomida elektr energiyasi bölmasligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toşkent şahar magistral elektr tarmoqlari filiali munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, ayni vaqtda “Özgariş” podstantsiyasida modernizatsiya va rekonstruktsiya işlari olib borilmoqda. Işlar doirasida podstantsiyadagi T-2 transformatori zamonaviy yangi transformatorga almaştiriladi.
Tamirlaş işlari davomida istemolçilarni elektr energiyasi bilan taminlaşda uzilişlarga yöl qöymaslik maqsadida yuklama T-1 transformatoriga ötkaziladi.
Şu sababli, rejalaştirilgan işlar tufayli istemolçilar 10 kun davomida elektr energiyasisiz qolişi haqidagi malumot notöğri ekani takidlangan.
Biroq yuklama miqdori texnik jihatdan ruxsat etilgan çegaradan oşib ketgan taqdirda, tarmoqning barqaror va xavfsiz işlaşini taminlaş maqsadida qisqa muddatli çeklovlar joriy etilişi mumkin.
Modernizatsiya işlari yakunlangaç, podstantsiyaning işonçliligi va elektr taminoti barqarorligi yanada oşirilişi malum qilindi.