Toşkentda 1,2 kilometrlik BRT yöli foydalaniş uçun oçildi
Toşkent şahrining Şahrisabz köçasida BRT yölagining birinçi bosqiçi foydalanişga topşirildi. Bu haqda Toşkent şahrida Yöl harakatini taşkil etiş markazi xabar berdi.
Qayd etilişiça, loyihaning birinçi bosqiçi Şahrisabz, Mirobod va Şota Rustaveli köçalari tutaşgan aylanma çorrahadan Amir Temur şoh köçasi bilan kesişmagaça bölgan 1,2 kilometrlik hududni qamrab olgan.
Quriliş jarayonida yölning faqat asfalt qoplamasi yangilanmasdan, uning ostki konstruktsiyasi ham töliq qayta qurilgan. Ayrim joylarda 2 metrdan ortiq çuqurlikda qaziş işlari amalga oşirilib, yöl poydevori qayta şakllantirilgan.
Grunt namligi, tuproq siljişi va keyinçalik çökiş xavfini kamaytiriş uçun geotekstil qoplamasi yotqizilgan. Keyin yöl asosi 35 santimetrlik qum-şağal aralaşmasi, M-75 markali mustahkamlovçi qatlam, 9 santimetrlik yirik donali asfalt-beton va 5 santimetrlik PŞMA-20 qoplamasi bilan mustahkamlangan.
Yangi BRT infratuzilmasi doirasida 5 ta avtobus bekati taşkil etilgan. Avtobuslar uçun alohida harakat yölagi şakllantirilib, u umumiy transport oqimidan bordyurlar orqali ajratilgan.
Malum qilinişiça, quriliş işlari davomida transport harakati töliq töxtatilmagan. Işlar yölning markaziy tasmalarida bosqiçma-bosqiç bajarilib, çetki öng tasmalarda harakat saqlab qolingan.
Şahrisabz köçasidagi 1,2 kilometrlik qism BRT loyihasining birinçi bosqiçi hisoblanadi. Umumiy loyiha doirasida köçaning qariyb 3 kilometrlik qismida BRT yölagini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Mirobod tumanidagi Şahrisabz köçasida BRT (tezkor avtobus transporti) yölagini taşkil etiş işlari boşlangani haqida xabar berilgan edi.