USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Musayev ustidan tekşiruv boşlanmagan – Manba

206 марта
Мусаев устидан текширув бошланмаган – Манба

Yaqindagina lavozimidan ozod etilgan Behzod Musayev ustidan tekşiruv boşlanmagan. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbalari malum qildi.

Avvalroq, QALAMPIR.UZ Migratsiya agentligida Koreyadagi vakolatxona rahbari lavozimida faoliyat yuritib, turli qonunbuzarliklar uçun işdan böşatilgan Aziz Toştemirovning Musayev ustidan elon qilgan turli kompromatlari haqida xabar bergandi. 

Unga köra, Toştemirov öziga qöyilgan barça ayblovlarni rad etib, korruptsiyaga doir bölgan agentlikdagi barça noqonuniy faoliyatlar, xususan 90 milliuon AQŞ dollarilik korrupsion sxema tepasida Musayev turganini iddao qilgan hamda özining Telegram-kanalida Musayevga aloqador yozişmalar va audio yozuvlarni joylagandi.

Keça, 2 sentyabr kuni esa Prezident Şavkat Mirziyoyevning tegişli qarori asosida boşqa işga ötiş munosabati bilan Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori Behzod Musayev lavozimidan ozod etildi. 

QALAMPIR.UZ Musayeyevning işdan olinişiga Toştemirov iddao qilgan ayblovlar sabab bölgan yoki bölmaganiga oydinlik kiritiş maqsadida Boş prokuratura va Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga boğlandi.

Boş prokuraturaning axborot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinovning malum qilişiça, Migratsiya agentligining sobiq direktori Behzod Musayev ustidan heç qanday xizmat tekşiruvi ötkazilmayapti. 

Xuddi şu malumot Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligining matbuot xizmati rahbari Şerzod Saparov tomonidan ham qayd etildi. Saparovning sözlariga köra, Musayevning işdan olinişida heç qanday ayblovlar sabab bölmagan va xizmat tekşiruvi ötkaziş boşlanmagan. 

Malumot uçun, Behzod Musayev davlat boşqaruvining turli lavozimlarida faoliyat yuritgan. Xususan, Davlat soliq qömitasi rahbari, Boş vazirning ijtimoiy rivojlaniş böyiça örinbosari, Soğliqni saqlaş vaziri hamda 2024 yil sentyabrgaça Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri sifatida işlagan. 

2024 yil sentyabr oyidan boşlab esa Musayev Prezident tomonidan Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga rahbar etib tayinlangan. 

Özi nima bölgandi

Joriy yilning may oyida Migratsiya agentligining sobiq bölim boşliği, Andijon viloyatida tuğilgan 35 yoşli Azizbek Toştemirov Janubiy Koreyaga işga ketiş uçun ötkaziladigan bazi EPS–Topik imtihonlari vaqtida ayrim nomzodlar örniga boşqa şaxslar kiritilgani, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining bazi xodimlari esa ularga testdan ötişda göyoki yordam bergani holatlari kuzatilgan va ehtimoliy qonunbuzarlik töğrisida fuqarolardan bir qança murojaatlar bölgani sababli xalqaro qidiruvga berilgandi.

Voqeadan biroz avval esa Taşqi mehnat migratsiyasi va xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdor şaxslari tomonidan amalga oşirilgan korruptsion sxema aniqlangani, ular 600 dan ortiq odamdan $90 mln olgani foş qilingani malum bölgandi.

Şundan söng, 2025 yilning mart oyida korruptsion jinoyatda ayblanib, işdan böşatilgan,  firibgarlikda gumon qilingan va Interpolga qidiruvga berilgan Migratsiya agentligining sobiq xodimi Azizbek Toştemirovning özi bu ayblovlarni butkul rad etib, har qanday qonunbuzarlik va korruptsiya boşida agentlikning amaldagi rahbari Behzod Musayev turganini iddao qilgan hamda “Koreya 24 soat” deb nomlangan Telegram-kanalida bu haqda malumotlarni joylay boşlagan. 

Mazkur xabarlar omma orasida turli şubhalarni uyğotgandan söng, 20 iyun kuni vanihoyat Migratsiya agentligi şov-şuvli holat böyiça rasmiy munosabat bildirgandi. Unda agentlik Azizbek Toştemirovning skrinşot, audio va rasmlar bilan iddao qilayotgan gaplari haqiqatga töğri kelmasligini va bir tomonlama talqin qilingani bildirgandi.

Bu gaplar fonida, joriy yil 23 iyul kuni QALAMPIR.UZ’ning Interpol saytida olib borgan tadqiqlari natijasida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining sobiq xodimi – Içki işlar vazirligi sörovi bilan Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgan Azizbek Toştemirovning nomi xalqaro qidruvdagi şaxslar röyxatidan sirli ravişda ğoyib bölgani aniqlangandi.

Bu orada agentlik xodimlariga aloqador bir neçta firibgarlik va talon-taroj qilişga oid, 90 mln dollar oldida "pista puli"dek körinadigan jinoiy işlar aniqlandi. Kuyinroq, “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov özining Telegram-kanalida 90 million AQŞ dollari miqdorida zarar yetkazilgani aytilgan “Koreya işi” böyiça sud jarayoni 29 iyul kuni boşlanişinişi yozgan. Iş Jinoyat işlari böyiça Bektemir tumani sudida sudya Dadaxonova raisligida körib çiqilmoqda. Iş doirasida pora oliş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş hamda hokimiyatni suiistemol qiliş, hokimiyat vakolatidan taşqariga çiqiş yoki hokimiyat harakatsizligi böyiça ayblovlar bilan Gançar Uzoqov, Temur Şorixsiyev, Alijon Aşurov va Suxrob Sayfutdinovlar sudlanuvçi sifatida jalb etilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: