USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga maktub yölladi

71 марта
Шавкат Мирзиёев Жоржа Мелонига мактуб йўллади

Bugun, 4 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Jorja Meloniga maktub yölladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, davlat rahbari Jorja Melonini Italiya Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi lavozimida şu vaqtga qadar eng uzoq muddat faoliyat yuritgan Hukumat rahbari sifatida tarix sahifalaridan munosib joy olgani bilan samimiy muborakbod etgan.

Prezident uşbu natija Jorja Melonining siyosiy irodasi va qatiyati, davlatçilik masuliyatini çuqur his etişiga Italiya xalqi tomonidan bildirilgan yuksak işonçning yaqqol tasdiği ekanini takidlagan.

Hozirgi öta murakkab va tez özgarayotgan şaroitda Italiyaning milliy manfaatlarini qatiy himoya qiliş, mamlakatning Yevropa Ittifoqi va xalqaro maydondagi obrö-etibori hamda nufuzini yanada mustahkamlaş borasida Jorja Meloni olib borayotgan say-harakatlar alohida etirof etilgan.

Prezident Italiya Hukumati rahbarining Özbekistonga nisbatan döstona munosabati va ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali hamkorlikni izçil kengaytirişga qaratayotgan doimiy etibori uçun minnatdorlik bildirgan.

Özbekiston Italiya bilan örnatilgan strategik şeriklik munosabatlarini yuksak qadrlaşi takidlangan. Bugungi kunda siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, madaniy-gumanitar aloqalar tobora sermazmun tus olib, ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Maktub yakunida davlat rahbari Jorja Meloniga mustahkam soğlik, oilaviy baxt-saodat va masuliyatli davlatçilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, döst Italiya xalqiga esa tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va bardavom ravnaq tilagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: