USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Arazlaşuv: Meloni sammitda Tramp bilan yonma-yon turişdan boş tordi

138 марта
Аразлашув: Мелони саммитда Трамп билан ёнма-ён туришдан бош торди

Italiya Boş vaziri Jorja Meloni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğandan NATO sammitida uni AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan yonma-yon qöymaslikni söradi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.

Anqarada ötayotgan NATO yetakçilarining 36-sammiti nafaqat xavfsizlik masalalari muhokamasi, balki AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Italiya Boş vaziri Jorja Meloni örtasidagi tarang munosabatlar haqidagi xabarlar bilan ham diqqat markazida bölib turibdi.

“Haberler”ning yozişiça, Italiya hukumati rahbari sammit mezboni Rajab Toyib Erdöğanga murojaat qilib, rasmiy tadbirlar davomida uni Trampning yoniga qöymaslikni iltimos qilgan.

Naşrga köra, bunga ikki siyosatçi örtasida davom etayotgan ommaviy dahanaki jang sabab bölgan. Turkiyaga safardan biroz oldin Tramp ijtimoiy tarmoqlarda Meloniga qaratilgan post qoldirib, unda “Uni çetlatiş uçun order kerak” degan iborani işlatgan.

Naşr talqiniga köra, Melonining iltimosi yangi nizoli vaziyatdan qoçiş maqsadida rasmiy suratga tuşiş marosimi paytidagi protokol böyiça joylaşiş va saf tortişga tegişli bölgan.

Yetakçilarning birgalikdagi umumiy surati tuşilayotgan vaqtda jurnalistlar etiborini iştirokçilarning joylaşuvi öziga tartgan. Meloni Ispaniya Boş vaziri Pedro Sançesning yonidan joy olgan va Trampdan sezilarli darajada uzoq masofada turgan. 

Eslatib ötamiz, siyosatçilar örtasida katta mojaro kelib çiqqan edi. Tramp Italiya Boş vaziri Jorja Meloni G7 sammiti paytida “u bilan suratga tuşişni ötinib söraganini” davo qilgandi. Keyinçalik Italiya Boş vaziri Amerika yetakçisining bu sözlarini uydirma deb atab, rad etdi.

Uşbu şov-şuvli mojaro fonida darhol Italiya Taşqi işlar vaziri Antonio Tayani AQŞga rejalaştirilgan taşrifini bekor qildi. Tramp esa Meloni bilan boşqa döst bölişni istamasligini bayon etdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: