USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Meloni Trampni yolğonçilikda aybladi

115 марта
Мелони Трампни ёлғончиликда айблади

Italiya Boş vaziri Jorja Meloni AQŞ Prezidenti Donald Trampni yolğonçilikda ayblab, uning italiyalik jurnalistga bergan intervyusida Meloni Tramp bilan suratga tuşiş uçun “yolvorgani” haqidagi bayonotini uydurma deb atadi. Bu haqda Italiya hukumati rahbari öz bayorotida malum qildi.

Qayd etilişiça, Tramp Italiyaning “La7” telekanaliga bergan qisqa intervyusida Meloni bilan suratga tuşgani haqida söz oçgan.

“Meloni men bilan gaplaşganidan xursand bölgandir. Men u bilan gaplaşişim şart emasdi. U men bilan suratga tuşişni juda xohladi va şuni söradi. Aslida suratga tuşmasdim, lekin unga rahmim keldi”, degan AQŞ rahbari.

Bu sözlar Italiya hukumatida keskin norozilikka sabab bölgan. Meloning özi maxsus bayonot bilan çiqib, Trampning aytganlari haqiqatga töğri kelmasligini bildirgan.

“Donald Trampning bayonotlari butunlay öylab topilgan. Rostini aytsam, hayratdaman. Nega AQŞ Prezidenti öz ittifoqçilariga nisbatan bunday munosabatda bölayotganini tuşunmayman. Bu birinçi marta emas”, degan u.

Şuningdek, Meloni Trampni Ğarbning raqiblariga nisbatan köproq muloyimlik körsatayotganlikda ham tanqid qilgan.

“Afsuski, u Ğarb va AQŞning duşmanlariga qarşi ham xuddi şunday qatiyat körsatmayapti. Bir narsani eslab qolişi kerak: na men va na Italiya heç qaçon birovga yolvormaydi”, degan Italiya Boş vaziri.

Mojaro ortidan Italiya Taşqi işlar vaziri Antonio Tayani kelasi haftaga rejalaştirilgan AQŞ safari bekor qilinganini malum qilgan. Uning sözlariga köra, Prezident Trampning Boş vazir Jorja Meloniga nisbatan aytgan haqoratomuz sözlari butun Italiyani haqorat qiladi.

Melonining eng yaqin siyosiy hamkorlaridan biri, Boş vazir devoni davlat kotibi Jovanbattista Fatstsolari ham Trampni qattiq tanqid qilgan. Uning fikriça, Tramp qasddan yoki noörin xatti-harakatlari orqali AQŞ va Yevropa örtasidagi tarixiy munosabatlarga putur yetkazmoqda.

“Uning noörin çiqişlari AQŞni butun Yevropa böylab nomaqbul davlatga aylantirib qöydi. Bu nafaqat Yevropaga, balki eng avvalo AQŞning öziga zarar yetkazmoqda”, deb takidlagan Fatstsolari.

Qayd etiş joiz, Meloni avval Trampning Yevropadagi eng yaqin siyosiy tarafdorlaridan biri hisoblangan. U hatto 2025 yildagi inauguratsiya marosimida qatnaşgan yagona Yevropa yetakçisi bölgan. Biroq joriy yilda Eron bilan boğliq mojaro yuzasidan Tramp va Meloni örtasida kelişmovçiliklar paydo bölgan va ikki tomon munosabatlari soviy boşlagan edi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp “Katta yettilik” (G7) sammitining rivojlaniş masalalariga bağişlangan sessiyalaridan biriga keçikib yetib borgan va xonaga kirişda hazil aralaş “Bu yerda xöjayin menman” (I'm the boss), deb aytgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: