Özbekistonliklarning Koreyada iş joyini özgartirişi osonlaşadi
Endi E-9 vizasi asosida Koreyada işlayotgan Özbekiston fuqarolari iş joyini özgartiriş uçun Migratsiya agentligining roziligini olişi şart bölmaydi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, agentlik Koreya Respublikasiga vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun yuborilayotgan fuqarolar bilan tuziladigan uç tomonlama şartnomaning ayrim bandlarini qayta körib çiqqan. Natijada iş joyini özgartirişdan oldin agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi roziligini oliş hamda bu talabga rioya qilmaganlik uçun jarima qöllaşni nazarda tutuvçi bandlar şartnomadan çiqarib taşlangan.
Bunday talablar avval fuqarolarning Koreyada noqonuniy maqomga ötib ketişining oldini oliş, ular bilan doimiy aloqani taminlaş hamda zarur hollarda ijtimoiy, huquqiy va moddiy yordam körsatiş maqsadida kiritilgan edi.
Agentlik malumotlariga köra, özgarişlar Koreyadagi iş beruvçilar va nodavlat notijorat taşkilotlari bilan ötkazilgan muzokaralar, şuningdek, fuqarolardan kelib tuşgan murojaatlar tahlili asosida amalga oşirilgan.
Endilikda fuqaro iş joyini özgartiriş uçun agentlikning alohida roziligini olmasdan, amaldagi tartib va qonunçilik asosida iş beruvçi bilan mehnat şartnomasini bekor qilişi hamda yangi iş beruvçi bilan mehnat munosabatlariga kirişişi mumkin.
Şu bilan birga, bu özgariş Koreyaning E-9 vizasi böyiça amaldagi qonunçilik talablarini bekor qilmaydi. Jumladan, şartnomada fuqaroning Koreya hududida noqonuniy maqomda bölmasligi majburiyati saqlanib qolgan.
Agar fuqaro uşbu talabni bajarmasa, şartnomaga köra, har bir keçiktirilgan oy uçun 2 ming AQŞ dollari miqdorida jarima qöllanadi. Şuningdek, fuqaro jarimani ixtiyoriy ravişda tölamasa yoki undan undirişning imkoni bölmasa, jumladan, u Koreyada noqonuniy maqomda bölsa, jarima va uni Özbekistonga qaytariş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş majburiyati kafili zimmasiga yuklanadi.
Şartnomaga köra, E-9 vizasi asosida işlayotgan fuqaro iş beruvçi bilan mehnat şartnomasini bekor qilganidan söng 1 oy içida iş izlovçi sifatida davlat röyxatidan ötişi va 90 kun içida yangi işga joylaşişi lozim. Aks holda Koreya Respublikasi hududini tark etişi talab etiladi.
Bundan taşqari, Koreyadan qaytgan fuqaro 30 kun içida Migratsiya agentligiga murojaat qilib, “Mehnat faoliyatini amalga oşirişdan söng kelgan şaxs“ sifatida röyxatdan ötişi şart.
Şartnomada Koreyaga ketayotgan fuqarolar uçun agentlik tomonidan körsatiladigan xizmatlar va tölovlar ham belgilangan. Unga köra, fuqaro Koreyaga jönab ketişidan oldin jami 50 BHM miqdorida tölovni amalga oşiradi. Şundan 40 BHM Koreyada iş bilan taminlaşga kömaklaşiş, 10 BHM esa köniktiriş va öqitiş xizmatlari uçun undiriladi.
Agentlik, öz navbatida, fuqaroga Koreyadagi iş beruvçi yuborgan mehnat şartnomasi loyihasini taqdim etiş, viza oliş bilan boğliq hujjatlarni rasmiylaştirişda yordam beriş, “Toşkent–Seul“ yönalişi böyiça aviaçipta xarid qilinişini taşkil etiş hamda Koreyaga ketişga kömaklaşiş majburiyatlarini oladi.
Şuningdek, fuqarolarga Koreyada mehnat huquqlari buzilgan taqdirda vakolatli idoralarga murojaat qilişda kömaklaşiş, mehnat faoliyatiga tayyorlaş va moslaştiriş böyiça öquv maşğulotlarini taşkil etiş ham agentlik zimmasidagi majburiyatlar qatorida.
Fuqaro esa Koreya qonunçiligi, milliy ananalar, urf-odat va odob-axloq normalariga rioya qilişi, qonunga zid harakatlar sodir etmasligi hamda mehnat şartnomasi talablarini bajarişi lozimligi qayd yetilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston fuqarolari Tailand vizasi uçun Moskvaga borişi kerakligi haqida xabar berilgan edi.