Koreya özbekistonliklarga işçi viza berişni töxtatişi mumkin
19-01-2026, 15:10
216 марта

Koreya özbekistonliklarga işçi viza berişni töxtatişi mumkin
Janubiy Koreyada özbekistonlik noqonuniy işçilar soni köpaysa, mamlakat işçi viza berilişini töxtatadi. Bu haqda 17 yanvar kuni Janubiy Koreyadagi Özbekistoning Favqulodda va muxtor elçisi Alişer Abdusalomov elçilar va tadbirkorlar örtasida ötkazilgan oçiq muloqot davomida malum qildi.Alişer Abdusalomovning sözlariga köra, yillik kvota doirasida 5 ming nafar migrantni Koreyaga yuboriş rejalaştirilgan bölsa-da, amalda yiliga taxminan 600 nafar fuqaro yuborilmoqda. Buning asosiy sababi iş beruvçilar özbekistonliklarni tanlamayotgani.
“Yuborilayotgan işçilarimiz, boşqa joyga nolegal bölib ötib ketiş holati judayam köp. Hozirda Koreyadagi umumiy aholimizdan 9 foizi nolegal hisoblanadi. Agar bu körsatgiç 10 foizga yetsa, Koreya Adliya vazirligi tomonidan viza beriş töxtatiladi. Bu nafaqat işçi vizaga, balki talim sohasiga ham tegişli. Til kurslari yoki universitetlarga borayotgan yoşlarimiz, öqişidan ketib qolgan holda işlaş uçun nolegal statusga çiqib ketyapti. Buning ortidan koreyalik kompaniyalarda özbekistonlik işçilarga nisbatan boşqaça fikr uyğonmoqda”, deydi Abdusalomov.
Yiğilişda, Janubiy Koreyada hozirda 100 mingga yaqin özbekistonlik fuqaro yaşayotgani qayd etildi. Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Jamşid Xöjayev Alişer Abdusalomovga mehnat migratsiyasini tizimli va sifatli ravişda kengaytiriş böyiça topşiriq berdi.
Masullar şartnoma asosida muayyan sohada işlaş uçun ketgan fuqarolarning boşqa sohalarga ötib ketmasligi muhim ekanini alohida eslatib ötdi.