AQŞ işçi vizasiga davogarlarning profillari tekşirilmoqda
4-12-2025, 12:48
90 марта

AQŞ işçi vizasiga davogarlarning profillari tekşirilmoqda
AQŞ Davlat departamenti mehnat vizasiga murojaat qilganlarning LinkedIn sahifalarini körib çiqişni buyurdi. Nafaqat arizaçining, balki boşqa joyga köçib ötişga intilayotgan oila azolarining ham hisoblari tekşiriladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Qayd etilişiça, AQŞ Davlat departamenti konsullik xodimlariga H-1B işçi vizasiga davogarlarning rezyumelari va LinkedIn profillarini körib çiqişni hamda söz erkinligini tsenzura qiliş bilan boğliq bölganlarning arizalarini rad etişni talab qiluvçi eslatma yubordi.
Özgartiriş barça işçi vizalariga taalluqlidir, ammo Davlat departamenti H-1B vizasiga alohida etibor qaratdi, çunki bu tur texnologiya sohasida talabga ega.
Endi AQŞ diplomatik vakolatxonalari vizaga murojaat etuvçilar dezinformatsiyani tarqatiş, kontentni moderatsiya qiliş, faktlarni tekşiriş yoki internet xavfsizligi kabi sohalarda işlagan-işlamaganligini aniqlaydi. Nafaqat arizaçining, balki AQŞga immigratsiya qilmoqçi bölgan ularning oila azolarining ham profillari tekşiriladi.
“Agar siz ariza berayotgan şaxs AQŞda biror fikrni yoki erkin ifodani bostirişda qatnaşganini körsatuvçi dalillar topsangiz, unga viza berilmasligi uçun çoralar körişingiz kerak.”