USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ 2024 fiskal yili uçun Özbekiston fuqarolarining B-1/B-2 taşrif vizasiga arizalarining 64,41 foizini rad etgan.

164 марта

AQŞ 2024 fiskal yili uçun Özbekiston fuqarolarining B-1/B-2 taşrif vizasiga arizalarining 64,41 foizini rad etgan. Davlat departamenti elon qilgan hisobotga köra, bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori körsatkiç bölgan.


Xususan, B1/B2 – sayyohlik va işbilarmonlik vizalarini oliş uçun murojaat qilgan Turmaniston fuqarolarining 58,8 foiziga, Qozoğiston fuqarolarining 46,29 foiziga, Tojikiston fuqarolarining 45,24 foiziga, Qirğiziston fuqarolarining esa 39,14 foizga rad javobi berilgan.


Qayd etilişiça, 2023 yilda B toifadagi vizani oliş uçun ariza bergan özbekistonliklarning 59,56 foiziga rad javobi berilgandi. Öşanda ham Özbekiston bu borada Markaziy Osiyoda «birinçi» bölgan.


Dunyo böyiça eng köp arizasi rad etilgan mamlakat — bu Laos (82,84 foiz). Oxirgi beşlikka, şuningdek, Gvineya-Bisau (76,59 foiz), Senegal (74,65 foiz), Somali (77,02 foiz) va Gvineya (70,25 foiz) kiradi. Eng kam rad javobini olganlar — BAA (1,46 foiz), Kipr (2,16 foiz) va Ruminiya (2,61 foiz).

Malumot uçun, AQŞning B1/B2 vizalari qisqa muddatli safarlar, jumladan, turizm, qarindoşlar bilan uçraşuv, şuningdek, davolaniş va iş uçraşuvlari uçun beriladi.

Avvalroq AQŞning Toşkentdagi elçixonasi talim yoki almaşinuv dasturlarida iştirok etiş uçun ariza topşirmoqçi bölgan Özbekiston fuqarolaridan – barça ijtimoiy tarmoq akkauntlaridagi maxfiylik sozlamalarini «ommaviy» holatga ötkazişni söragandi. Elçixonaga köra, bu talab AQŞga kiriş huquqini aniqlaş uçun zarur bölgan tekşiruvni osonlaştiriş maqsadida» bölib, uşbu malumotni kiritmaslik kelgusida viza oliş huquqidan mahrum bölişga olib kelişi mumkin

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: