AQŞ soğliğida muammo bölgan immigrantlarga viza berişni töxtatadi
9-11-2025, 11:17
131 марта

AQŞ soğliğida muammo bölgan immigrantlarga viza berişni töxtatadi
AQŞ prezidenti Donald Tramp mamuriyati 6 noyabr kuni yangi körsatma elon qildi. Unga köra, endilikda ayrim soğliğida muammosi bölgan immigrantlarga viza beriş töxtatilişi mumkin. Bu haqda CBS News xabar berdi.Bu qaror Tramp mamuriyatining muhojirlik siyosatini yanada qatiylaştiriş yölidagi navbatdagi qadami sifatida baholanmoqda. U 2025 yil davomida noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qiliş, ayrim davlatlardan kelganlarga boşpana bermaslik va AQŞga kiriş kvotalarini keskin kamaytiriş taşabbuslarini ilgari surib kelmoqda.
Mutaxassislar bu körsatmalar tibbiy tayyorgarligi bölmagan viza xodimlariga katta vakolat berişini tanqid qilmoqda. Ularning fikriça, bunday xodimlar şaxsning kasalliklari asosida kelajakdagi tibbiy xarajatlarni taxmin qilib, notöğri qarorlar çiqarişi mumkin.
AQŞda viza oliş jarayonida avvaldan tibbiy körik ötkazilişi şart edi, lekin yangi tartib bu jarayonni yanada keskinlaştiradi — surunkali kasalliklar, ruhiy holat va davolaniş xarajatlari ham endi hisobga olinadi.