USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Oliy malumotli hamşira va tibbiyot oğalariga ustama tölanadi

153 марта
Олий маълумотли ҳамшира ва тиббиёт оғаларига устама тўланади

Özbekistonda oliy malumotli hamşira va tibbiyot oğalariga ustama tölanadi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vaziriligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, 2027/2028 öquv yilidan boşlab Toşkent davlat tibbiyot universiteti tarkibidagi Hamşiralar akademiyasi negizida dunyoning Top (1-örin) hamşiralik maktabiga ega bölgan Pensilvaniya universiteti (AQŞ) bilan hamkorlikda Ilğor tibbiy hamrohlik maktabi taşkil etiladi.

“Oliy hamşiralik işi” bakalavriat talim yönalişi “Oliy tibbiy hamrohlik işi” yönalişiga özgartirilib, bitiruvçi ayollarga “hamşira”, erkaklarga esa “tibbiyot oğasi” kvalifikatsiyasi beriladi.

Bakalavriatga qabul har yili kamida 20 foizga oşirib boriladi, talim esa yetakçi xorijiy OTMlari bilan qöşma dasturlar asosida, ularning öquv dasturlarining kamida 70 foizini özlaştirgan holda taşkil etiladi.

Bakalavriatni tamomlagan hamşira va tibbiyot oğalariga har oy mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 1 baravari, magistraturani tamomlaganlarga esa 2 baravari miqdorida ustama tölanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistondagi tibbiyot oliygohlarida 2027/2028 öquv yilidan “Davolaş işi” yönalişi örniga 6 yillik “Umumiy tibbiyot” bakalavriat dasturini joriy etiş taklif qilinayotgani haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, Özbekistonda barça tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qamrab oladigan yagona elektron reyestr şakllantiriş rejalaştirilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: