USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pölat Bobojonov Prezident maslahatçisi örinbosari lavozimidan böşatildi

634 марта
Пўлат Бобожонов Президент маслаҳатчиси ўринбосари лавозимидан бўшатилди

Bugun, 7 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar böyiça maslahatçisi lavozimi va uning bölinmasi tugatildi. Bu haqda Özbekiston rahbarining tegişli farmoni imzolandi.

Malum qilinişiça, Prezident Şavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Pölat Razzoqoviç Bobojonov boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar böyiça maslahatçisi örinbosari lavozimidan ozod etilgan.

Şuningdek, Prezident Administratsiyasi tuzilmasini maqbullaştiriş işlari doirasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar böyiça maslahatçisi lavozimi va uning bölinmasi tugatildi.

Bundan taşqari, farmonga muvofiq davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritiş hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qiliş va ularning faoliyatini muvofiqlaştiriş Komplayens xizmatining qöşimça faoliyat yönalişi sifatida belgilandi.

Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini yanada oşiriş esa Özbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi bölinmasining qöşimça faoliyat yönalişi etib belgilandi.

Malumot uçun, Pölat Bobojonov 1961 yil 1 yanvarda Xorazm viloyatida tuğilgan. 1982 yil Toşkent davlat universitetini (hozirgi ÖzMU) tamomlagan, şundan keyin Xorazm viloyatida prokuratura organlarida işlay boşlagan. 

U 1992-1999 yillarda Boğot tumani hokimining birinçi örinbosari va Xorazm viloyati hokimi örinbosari lavozimlarida işlagan. 1999 yilda Prezident devoniga işga ötkazilgan.

2000-2011 yillar davomida prokuratura organlarining rahbarlik lavozimlarida – Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari, Boş prokuratura huzuridagi Departament boşliği, Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori bölib işlagan.

2011 yilda Xorazm viloyati hokimining birinçi örinbosari bölgan, 2012 yilda Xorazm viloyati hokimi lavozimida iş boşlagan.

Özbekiston Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi farmoni bilan Içki işlar vaziri lavozimiga tayinlangandi. Unga 2019 yil 12 sentyabrda general-leytenant maxsus unvoni berilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 3 mart kuni 2017 yildan beri Içki işlar vaziri sifatida işlab kelgan Pölat Bobojonov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi. Şundan söng u Prezidentning kadrlar siyosati masalalari böyiça maslahatçisining birinçi örinbosari lavozimida iş boşladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: