Turkiyada özbekistonlik kelin 103 ming dollarlik tillani öğirlab ketdimi?
Turkiyaning Muğla viloyati Milas tumanida Özbekiston fuqarosi, 28 yoşli Mamura Burxonova 3 keça-yu 3 kunduz davom etgan töyidan söng uyda qolgan tilla va ziynat buyumlari bilan birga ğoyib böldi. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.
Malum qilinişiça, Milas tumanining Çomakdağ Qizilağoç mahallasida yaşovçi Mustafo Ateşöğli 28 yoşli Özbekiston fuqarosi Mamura Burxonova bilan sovçilar orqali tanişgan. Ular unşaştirilgan va joriy yilning 19 avgust kuni turmuş qurgan.
Töy yuruklar madaniyati keng saqlanib qolgan mahallada 3 keça-yu 3 kunduz davom etgan. Töy doirasida qariyb 500 yillik ananaga ega tungi yoğli kuraş musobaqalari ham taşkil etilgan. Töyga jami qariyb 10 million lira sarflangani aytilgan. Kuyov Mustafo Ateşöğli faqat yoğli kuraşlarni taşkil qiliş uçun 1,5 million lira sarflaganini bildirgan.
Töy tugaganidan keyin esa oilada muammo yuzaga kelgan. Mamura Burxonova uydan çiqib ketgan va oila u bilan boğlana olmagan. Uy tekşirilganida töyda taqilgan tilla va boşqa ziynat buyumlari ham yöqligi aniqlangan. Dastlab yöqolgan tillalarning qiymati taxminan 5 million lira deb baholangan. Oila tillalarni kelin öğirlab ketganini iddao qilib, prokuraturaga murojaat qilgan.
Şundan söng, joriy yilning 3 sentyabr kuni Mustafo Ateşöğli politsiyaga ariza berib, xotini töyda taqilgan taxminan 3 million liralik ziynat buyumlari, 300 ming lira naqd pul va iPhone 15 telefonini olib, uydan ketganini bildirgan.
“Faqat kuraşlarni taşkil qiliş uçun 1 million 500 ming lira sarfladim. Ketgan pulning ortidan quvmayapman. Şanim va ğururim ortidan quvmoqdaman”, degan Mustafo Ateşöğli.
Şikoyatdan söng, politsiya Mamura Burxonovani qidirişni boşlagan. Tekşiruv davomida uning nomiga avtobus yoki mehmonxona qaydlari aniqlanmagan. Uyda ötkazilgan tintuvlarda ham yöqolgan millionlab liralik ziynat buyumlari topilmagan. Biroq joriy yilning 4 sentyabr kuni soat 13:30 atrofida Burxonovaning özi politsiya bölimiga borib, bayonot bergan.
Kelin politsiyadagi bayonotida öziga qöyilgan millionlab liralik ziynat buyumlarini olib qoçganlik haqidagi davolarni rad etgan. U töyda taqilgan buyumlardan faqat 20 dona tilla va 226 ming lirani olganini tan olgan.
Burxonova, şuningdek, uydan çiqqaç onasi yaşaydigan Ikiztoşdagi uyga borganini bildirgan. Qolgan tillalar esa qaynotasi Mehmet Ateşöğlida ekanini aytgan. Burxonova bu davosini tasdiqlovçi yozişmalarni ham tergov materiallariga taqdim etgan. U iPhone 15 telefonini ham özi öğirlamaganini, telefonni eri Mustafo Ateşöğli foydalanişi uçun berganini aytgan.
Şuningdek, Burxonova eri Mustafo Ateşöğli va qaynotasi Mehmet Ateşoğlu öziga hamda onasiga nisbatan haqorat va tahdidlar qilganini iddao qilgan. Uning aytişiça, aynan şu sababli u avvalroq politsiyaga murojaat qilişdan qörqqan. Şundan söng, kelinning özi ham eri va qaynotasi ustidan şikoyat qilgan.
Hozirda tomonlarning tilla, naqd pul, telefon, tahdid va haqorat böyiça bir-biriga bildirgan davolari yuzasidan tergov davom etmoqda. Burxonovaning bayonotidan söng iş hujjatlari prokuraturaga yuborilişi aytilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul şahrida özbekistonlik 36 yoşli ayol 56 yoşli sevgilisi Rajab Önderdan 900 000 turk lirasi (taxminan 20 000 dollar) olib, uni aldab ketgani haqida xabar berilgan edi. Keyinçalik ayol bu iddaoni rad qilib, undan bu miqdordagi pulni olmaganini bildirgan. Keyinroq u hibsga olindi va Özbekiston tomoni, xususan, “Özbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qiliş jamiyati” hamda Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi yordamida ozodlikka çiqdi.