Qozoğistonda özbekistonlik 19 yoşli kelin fojiali halok böldi
Qozoğistonning Jambil viloyatida 19 yoşli Özbekiston fuqarosi Madina şirinlik sabab eri bilan yuzaga kelgan janjaldan söng vafot etdi. Bu haqda “Qumaş.kz“ xabar berdi.
Qayd etilişiça, qiz ölimidan bir kun avval dugonasiga eri uni kaltaklagani va uydan ketmoqçi ekanini aytgan. Madina Merke tumanida vafot etgan. Politsiya holat yuzasidan öz joniga qasd qilişga olib boriş moddasi bilan sudgaça tergov boşlagan.
Marhumaning dugonasining aytişiça, Madina eri bilan tez-tez kelişmovçilikka borib turgan va erkak unga nisbatan jismoniy kuç işlatgani haqida bir neça bor şikoyat qilgan. Uning sönggi janjali sakkiz oylik farzandi uçun olib kelingan “Barni” biskviti sabab yuzaga kelgan. Dugonasining sözlariga köra, eri bolasi uçun olib kelgan biskvitdan Madina 1 dona yegan. Şundan keyin erkak qizni urgan.
Ertasi kuni Madina dugonasiga yiğib qöygan buyumlarining suratini yuborib, eri bilan yaşamasligini bildirgan va ketmoqçi ekanini aytgan. Şuningdek, undan 15 ming tenge söragan. Biroq kerakli mablağ öşa paytda topilmagan. Şundan söng, Madina bilan aloqa uzilgan. Keyinroq uning qaynonasi dugonasiga qizning vafot etganini aytgan.
Malum bölişiça, Madina Özbekiston fuqarosi, uning eri esa Qozoğiston fuqarosi bölgan. Ular qariyb ikki yil davomida turmuş qurib, birga yaşagan va sakkiz oylik farzandni tarbiyalagan. Dugonasining aytişiça, Madina homilador ham bölgan bölişi mumkin.
Marhumaning dugonasi Threads’dagi sahifasida uning ölimi holatiga şubha bildirgan. U voqeani töliq tergov qilişga çaqirgan va qizning tanasida jarohat izlari bölganini aytgan. Biroq bu malumotlar hozirça rasman tasdiqlanmagan.
Jambil viloyati politsiyasi zarur tergov harakatlari olib borilayotganini bildirgan. Idora tergov yakunlanguniga qadar ölim sabablari va muayyan şaxslarning aybdorligi yuzasidan xulosa bermagan.
Marhumaning qarindoşlari va yaqinlari uning ölimi bilan boğliq barça holatlar sinçkovlik bilan aniqlanişini talab qilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyada 29 yoşli özbekistonlik ayol öz joniga qasd qilib, vafot etgandi.