Ijtimoiy reyestrdagi fuqarolar majburan reyestrdan çiqarilomoqda – Bandlik vazirligi
Ijtimoiy reyestrdagi fuqarolarni asossiz yoki majburan reyestrdan çiqariş holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi matbuot kotibi özining Telegram-kanalida malum qildi.
Uning bildirişiça, reyestrdan çiqariş holatlari fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya va kömaklardan foydalaniş imkoniyatidan mahrum bölişiga olib kelişi mumkin.
“Heç qanday topşiriq xodimning mehnat huquqlarini yoki fuqaroning ijtimoiy himoya huquqlarini çeklaş uçun asos böla olmaydi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Qayd etilişiça, murojaatlar örganilib, holatlar tasdiqlangan taqdirda, aybdor mansabdor şaxslarga nisbatan qonunçilikda belgilangan çoralar köriladi. Hududlardagi rahbarlarga ham bunday holatlarga yöl qöymaslik yuzasidan tegişli ogohlantiriş yuboriladi.
Uşbu xabar yuzasidan Ijtimoiy himoya agentligi öz munosabatini bildirdi.
Bildirilişiça, hududlarda kambağallikni qisqartiriş, oilalar daromadini oşiriş va ularni barqaror daromad manbaiga ega qiliş böyiça tizimli işlar olib borilmoqda. Şu bilan birga, oilani Ijtimoiy reyestrdan çiqarişning özi kambağallik qisqarganini anglatmaydi.
“Ijtimoiy reyestrning asosiy maqsadi – ehtiyojmand aholini aniqlaş, ularni ijtimoiy himoya bilan qamrab oliş va zarur yordam hamda xizmatlarni körsatişdir. Ehtiyojmand oilalar qança köp aniqlanib, zarur yordam va xizmatlar bilan qamrab olinsa, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxşilaş imkoniyati şunça ortadi. Bu esa kambağallik darajasini aniqlaş böyiça keyingi ölçovlarda ijobiy natijalar qayd etilişiga xizmat qilişi mumkin”, deyiladi munosabatda.
Bildirilişiça, şu sababli reyestrdan çiqariş belgilangan reja yoki körsatkiçni bajariş maqsadida emas, balki oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati amalda yaxşilangani va belgilangan mezonlarga javob bergani asosida amalga oşirilişi lozim. Malum bir hududdagi kambağallik darajasi esa Jahon banki metodologiyasi asosida belgilangan standartlar böyiça ötkaziladigan sörovlar natijalari asosida aniqlanadi.
Şuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya inspektsiyasi tomonidan reyestrdan çiqarilgan oilalar böyiça nazorat işlari olib borilib, qarorlarning belgilangan mezon va tartiblarga muvofiqligi örganilmoqda.
“Agentlikning pozitsiyasi: asosiy maqsad fuqaroni reyestrdan çiqariş emas, balki oilani haqiqatan ham kambağallikdan çiqariş va ehtiyojmand fuqarolarning ijtimoiy himoyaga bölgan huquqlarini taminlaşdir”, deyiladi munosabatda.
Şu tariqa, agentlik Bandlik vazirligining xabarini rad etmagan va reyestrdan çiqarilgan oilalar böyiça nazorat işlari olib borilib, qarorlarning belgilangan mezon va tartiblarga muvofiqligi örganilayotganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 3 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev kambağallikni qisqartiriş va aholi daromadlarini oşiriş böyiça işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş yuzasidan videoselektor yiğilişida hokimlarga topşiriqlar bergandi.