Özbekistonda norasmiy bandlik qisqartiriladi
9-02-2026, 23:09
330 марта

Özbekistonda norasmiy bandlik qisqartiriladi
Özbekistonda norasmiy bandlik qisqartiriladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 5 fevral kuni qabul qilingan “2026 yilda hududlarni yangiça yondaşuvlar asosida rivojlantiriş orqali aholi daromadini oşiriş, barqaror iş örinlarini yaratiş hamda kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida söz boradi.Qarorga köra, hokim yordamçisi xatlovi asosida aniqlangan norasmiy bandlik holatlari böyiça ularni bartaraf etiş yuzasidan “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKda iş beruvçilarning şaxsiy kabinetlariga Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan ogohlantiriş xati yuboriladi.
Iş beruvçilar tomonidan aniqlangan qonunbuziliş holati 3 iş kuni içida ixtiyoriy ravişda bartaraf etilmagan taqdirda, uşbu holat tegişli korxonalar va taşkilotlarda Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan tekşiriş ötkaziş uçun asos hisoblanadi.
Norasmiy bandlik holati aniqlangan kundan boşlab 1 oy muddat içida iş beruvçilar xodimlar bilan mehnat şartnomasini rasmiylaştirib, hisoblangan oylik iş haqlarini töliq tölab bergan taqdirda, ular mamuriy javobgarlikdan ozod etiladi.
2026 yil 1 martdan tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlaşda quyidagi qonunbuziliş holatlari ballarni kamaytiruvçi qöşimça mezon sifatida belgilanadi:
- tasdiqlangan norasmiy bandlik holatlari;
- xodimlarga mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan past oylik iş haqlarining hisoblanişi.