Öqituvçilarga milliy sertifikat olişi uçun subsidiya ajratiladi
9-02-2026, 18:15
398 марта

Öqituvçilarga milliy sertifikat olişi uçun subsidiya ajratiladi
Öqituvçilarga milliy va xalqaro sertifikatlar olişi uçun subsidiyalar ajratiladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 5 fevral kuni qabul qilingan “2026 yilda hududlarni yangiça yondaşuvlar asosida rivojlantiriş orqali aholi daromadini oşiriş, barqaror iş örinlarini yaratiş hamda kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida söz boradi.Qarorga köra, joriy yil 1 martdan “mahalla yettiligi” xulosasiga asosan Ijtimoiy reyestrdagi I guruh nogironligi bölgan va mehnatga layoqatli azosi bölmagan oilalar xonadonlarining devor va tomlarini izolyatsiya qiliş, energiya tejamkor deraza va eşik hamda quyoş panellari yoki geliokollektor örnatiş işlari amalga oşiriladi.
2026 yil 1 martdan oğir toifadagi tumanlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida kreditlar yillik 12 foiz stavkada ajratib boriladi.
2026 yil 1 martdan xotin-qizlar faoli va yoşlar yetakçisi tuman va şahar hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
2026 yil 1 iyuldan 2028 yil 1 yanvarga qadar Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan kasbiy talim sifatini oşirişga yönaltirilgan quyidagi turdagi subsidiyalar joriy etiladi:
öqituvçi va işlab çiqariş talimi ustalariga xalqaro miqyosda tan olingan kasbiy talimga oid sertifikatlar, şuningdek, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan röyxat asosida milliy sertifikatlarni oliş uçun sarflangan mablağlarning 50 foizi, biroq BHMning 20 baravarigaça;
malakani baholaş markazlarini taşkil etgan tadbirkorlarga xarid qilingan baholaş vositalari xarajatlarining 30 foizi, biroq BHMning 200 baravaridan oşmagan miqdorda qoplab beriladi.