Usta dehqonlarga 75 mln sömgaça subsidiya beriladi
9-02-2026, 16:11
288 марта

Usta dehqonlarga 75 mln sömgaça subsidiya beriladi
“2026 yilda hududlarni yangiça yondaşuvlar asosida rivojlantiriş orqali aholi daromadini oşiriş, barqaror iş örinlarini yaratiş hamda kambağallikni qisqartiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori (PQ–49-son, 05.02.2026 y.) qabul qilindi.Qarorga köra, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan quyidagi moliyaviy qöllab-quvvatlaş instrumentlari joriy etiladi:
- yuqori daromadli mahsulot yetiştirişni yölga qöyiş maqsadida usta dehqonlarga har 10 ta xonadonni ixtisoslaştirganligi uçun 2 mln söm hamda mahalladagi xonadonlarning 30 foizini ixtisoslaştirganligi uçun 75 mln söm miqdorida subsidiya;
- tomorqa va ijara yer maydonlaridagi samarasiz eski boğlarni rekonstruktsiya qiliş va yangilarini barpo etiş uçun quyidagi subsidiyalar:
- sertifikatga ega mevali daraxt köçati narxining 50 foizi, biroq har bir köçat uçun meva turiga qarab 30 ming sömdan oşmagan miqdorda;
- mevalarning turiga qarab har bir örnatilgan tirgak (ustun) narxining 50 foizi, biroq 70 ming sömdan oşmagan miqdorda;
- har bir sotixga yomğir suvini yiğiş va (yoki) tomçilatib suğoriş tizimini örnatiş uçun 160 ming sömgaça miqdorda;
- suv taminoti oğir bölgan hududlarda tomorqa va ijara yer maydonlarini suğoriş uçun tik quduqlarni burğilaş va quvvati 10 kVt soatdan kam bölmagan quyoş panelini örnatiş uçun xarajatlarning 70 foizi, biroq 200 mln sömdan oşmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi.